Namangan davlat untversiteti



Yüklə 396,23 Kb.
səhifə73/77
tarix12.09.2023
ölçüsü396,23 Kb.
#142922
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Узбекистон республикаси олий ва урта-fayllar.org

Strategik rejalashtirish - firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi potentsial imkoniyatlari o’rtasidagi strategik muvozanatni yaratish va kullab-quvvatlashni boshqarish jarayoni. U firmaning aniq shakllantirilgan dasturi, kushimcha vazifa va maqsadlarni ifodalash, soglom xo’jalik portfeli va o’sish strategiyasiga asoslanadi.

Talab - tovar xujaligiga xos bo’lgan va savdo, ayirboshlash sohasida ko’zga tashlanuvchi toifa. Talab bozorda turli xil tovarlar yordamida aks ettirilgan, iste’molchilarning bir-biridan farq qiluvchi Ko’p sonli ehiyojlaridan tarkib to’uvchi, doimiy ravishda o’zgarib turuvchi jamoatchilik ehiyojlari majmuasini aks ettiradi.

Telemarketing - marketing turi bo’lib, uni amalga oshirish potentsial iste’molchilarga tovar va xizmatlarni real va virtual bozorlardan izlash va xarid qilish imkonini beruvchi telekommunikatsiya vositalari va Internet tarmogidan foydalaniladi.

Tijoratlashtirish (kommertsializatsiya) - yangi mahsulotni ishlab chiqish bosqichi; bozorga kirib borish vaqtini to’g’ri tanlash, turli bozorlarda faoliyat ko’rsatish hajmi va ketma-ketligi, mahsulotni operativ harakatlantirish va taqsimlash bo’yicha samarali usullar, Shuningdek, marketing rejasini ishlab chiqish jarayoni.

Tovar - 1) eng umumiy ko’rinishda bozorda sotiluvchi mahsulot sifatida ifodalanishi mumkin bo’lgan iqtisodiy toifa, oldi-sotdi ob’yekti; 2) mahsulotning ma’lum bir xaridorlar ehiyojini kondiruvchi asosiy iste’molchilik tavsifnomalari majmui; 3) iste’molchiga ko’rsatiladigan, mahsulotni tuldiruvchi va uni sotishni yengillashtiruvchi xizmat va imtiyozlar; 4) mahsulotnini urab turuvchi “muhit” (mahsulot dizayni, sifati, markasi, urovi).

Tovar variatsiyasi - ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo’lgan tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki ko’rsatkichlarini o’zgartirish yo’li bilan modifikatsiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati), estetik (dizayni, rangi, shakli), simvolik (tovar markasining nomi) xususiyatlari va firmaning bo’linmalari faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xususiyatlari o’zgartirilishi mumkin. Tovar sifatini yaxshilash, uning foydaliligini oshirish, shakli va stilini yaxshilash strategiyasi tovar modifikatsiyasining muhim strategiyasi bo’lishi mumkin.


Yüklə 396,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin