Namangan davlat untversiteti


Xaridorlarga va sotuvchilarga ta’sir etish uslublari



Yüklə 396,23 Kb.
səhifə58/77
tarix12.09.2023
ölçüsü396,23 Kb.
#142922
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77
Узбекистон республикаси олий ва урта-fayllar.org

12.2.Xaridorlarga va sotuvchilarga ta’sir etish uslublari
Sotuvchi uchun ko’rgazma va yarmarkaning ahamiyati birinchi navbatda o’z raqiblari tovarlarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’lishi va turli reklama vositalaridan foydalanib, o’z tovarlarini keng reklama vositalaridan foydalanib, o’z tovarlarini keng reklama qilishi bilan belgilanadi.
Reklama va tovar sotishni rag’batlantirish tadbirlarini belgilash, rejalashtirish va uni amalga oshirish, katta xarajatlar sarflashni talab qilish bilan bir qatorda yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb etishni taqazo qiladi. Odatda sanoat firmalari bunday mutaxassislarga ega emas. Shu sababli, qoida tarzida, bu ishlarni amalga oshirish ixtisoslashgan tashkilotlarga buyuriladi. Ularning uch turi-reklama agentligi, umummilliy reklama beruvchilar, Chakana reklama beruvchilar mavjud.
Reklama agentligi tajribali matnchilar, rassomlar, televidenie ‘rodyusserlari, tadqiqotchilar va ma’muriy xodimlarni yagona ishbilarmon korxonaga birlashtiradi. Bu mutaxassislar boshqa odamlarga, Shuningdek nozik muloqatlarga moyilligi, reklama va bozor vositalarini yaxshi bilishi bilan ajralib turadi. Agentlik mutaxassislarning hamkorlikda ishlashi va yakka mijozlar bilan samarali reklama yaratib berishlari uchun qulay muhit tug’diradi. Reklama agentligi reklama beruvchilar bilan reklamani xaridorlarga yetkazuvchi ommaviy axborot vositalari o’rtasida go’yo vositachilik vazifasini bajaradi. Agentlik taklf etadigan xizmatlar ayrim reklama beruvchilar imkoniyatiga qaraganda sifat jihatidan yuksak, turi jihatidan g’oyat kengdir.
Reklama agentliklarini quyidagi ‘rintsi’lariga ko’ra tavsiflash mumkin:
-ko’rsatadigan xizmatlari hajmiga ko’ra - universal;
-muayyan tovar va reklama vositalariga ko’ra - ixtisoslashgan;
-faoliyati sohasiga ko’ra - ichki bozorda ish ko’radigan va ichki hamda tashqi bozorda ish ko’radigan turlari.
Hozirgi sharoitda «to’liq xizmat ko’rsatish» agentliklari tobora keng tarqalmokda. Ular savdo reklama siyosatining umumiy va ayrim masalalari bo’yicha o’z mijozlariga maslahatlar beradi, u yoki bu tovarni chiqarishning maqsadga muvofiqligi haqida sanoat firmalariga tavsiyalar tayyorlaydi, reklama kompaniyasining rejasi va smetasini tuzadi, uni o’tkazishning muddatlari va davriyligini belgilaydi, reklama kompaniyasi rejasiga muvofiq holda o’rinlar va xizmatlarni sotib oladi, tadbir o’tkazish vaqtini belgilaydi, reklamani tayyorlashni amalga oshiradi. Shunday qilib, «to’liq xizmat ko’rsatish» agentligi reklama kompaniyasini ishlab chiqish bilan birga marketing bilan bog’liq ko’pgina xizmatlarni bajaradi.
AQSHda besh mingdan ortiq firma reklama agentligi tarzida ish olib boradi. Ammo asosiy ish bir necha yirik tashkilot hissasiga to’g’ri keladi. Yirik agentliklar yirik reklama beruvchilarga xizmat ko’rsatadi. Yirik reklama beruvchilar esa nisbatan katta bo’lmagan tovarlar guruhi: oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, kosmetika vositalari, avtomobillar, tamaki mahsulotlari va shunga o’xshashlar doirasida ish olib boradi. Ishlab chiqaruvchilar keng ko’lamli umummilliy reklama yordamida iste’molchiga tovarni ilgariroq sotishga va xaridorlarda o’z markasiga mansub tovarlarga ixlos uyg’otishga harakat qiladilar.
Bunday hollarda reklama marketing kompleksida yetakchi tarkibiy qismga aylanadi.
Reklama beruvchi bilan agentlik o’rtasidagi munosabatlar o’zaro tuziladigan Shartnoma bilan tartibga solinadi. Bu shartnomada agentlik ko’rsatadigan jami xizmatlar ko’rsatiladi. Reklamani tarqatish vositalariga haqni reklama agentligi mijoz hisobidan to’laydi. Shu sababli ham mijoz agentlikka to’lovlarni o’z vaqtida o’tkazib quyishi kerak. Reklama agentligi xizmatlari uchun haq beruvchi tomonidan emas, balki agentlikning reklamasidan foydalangan reklama-axborot vositalari tomonidan to’lanadi. Komission mukofot (vositachilik haqi)ning oddiy miqdori reklama qiymatining 15 foizini tashqil etadi. Bundan tashqari, «to’liq xizmat ko’rsatish» agentliklari tomon haqi ham oladi. Tovon haqiga xarajatlarning haqiqiy qiymati bilan birga bozorni tadqiq etish, iste’molchilar talabi holatini tahlil qilish, iste’molchi ruhiyatiga ta’sir ko’rsatish usullarini ishlab chiqish kabi xizmatlarga kafolatli daromadlar ham kiradi. Juda ko’p hollarda xizmat ko’rsatishda agentlik mijozning reklamasi bilan bog’liq ishlarning bir yillik umumiy qiymatini baholaydi va oylik teng badallar ko’rinishida gonarar oladi. Gonarar summasini belgilash uchun buyurtmani bajarish uchun turli bo’limlar sarf etadigan umumiy ish soatlari miqdori hisoblanadi va soatlar soni bir soatlik ish haqi stavkasiga ko’paytiriladi, so’ngra bu miqdorga qo’shimcha xarajatlar va foyda uchun yana 25 foiz qo’shiladi. Agentlik reklama vositalaridan vaqt va o’rin sotib olgani uchun mijozga rasmiy e’lon qilingan tariflar bo’yicha komission tashlamalar bilan 15 foiz chegirib, to’lov varaqasi yuboradi. Chetdan material bergan va xizmat ko’rsatganlarga to’lanadigan haq varaqasida amaldagi xarajatlar keltiriladi. Yil davomida yoki oxirida xarajatlarning baholangan va amaldagi miqdorlari o’rtasidagi har qanday farqni tugatish uchun gonorar summasiga tuzatishlar kiritiladi.

Yüklə 396,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin