Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo’yicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o’zaro bog’lik marketingni kompleks vazifalarini ajratib ko’rsatadi:
1. Talabni tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan bozor faoliyatiga kiruvchi vazifalar.
2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar.
3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog’lik masalalar.
Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos keluvchi marketing funktsiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi.