Namangan davlat


Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yхati



Yüklə 71,94 Kb.
səhifə2/9
tarix05.05.2023
ölçüsü71,94 Kb.
#108114
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ijtimoiy-madaniy faoliyatda ijtimoiy hamkorlikning namoyon bolishi va jamiyat taraqqiyotidagi orni — копия

Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yхati 54-54

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o'z oldiga erkin, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishni maqsad qilib qo'ydi. Mazkur maqsadga erishish jarayonida bosqichma bosqich fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlarini, xususan, uning muhim bo'g'ini hisoblangan jamoat tashkilotlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarni jamiyat hayotidagi o'rnini mustahkamlash, oshirish borasida tub islohotlar amalga oshirib kelindi. O‘zbekiston Respubikasida bu islohotlar birinchi navbatda inson va uning manfaatlariga qaratilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta'kidlaganidek-“Inson manfaatlarini ta'minlash uchun esa, avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.”1 Bu kabi murakkab vazifani ado etishda esa ijtimoiy hamkorlik nafaqat demokratik jamiyatning belgisi, balki xalq manfaatlarini ta'minlash mexanizmi sifatida katta ahamiyatga ega.
Islohotlar ko'p qirrali va uzoq davom etadigan jarayon bo'lib, unda ijtimoiy- siyosiy barqarorlik hamda olib borilayotgan islohotlarning sifati, samarasi ko'p jihatdan jamoatchilikning ishtirokiga bog'liq. Shu jihatdan uni shakllantirishda muayyan ijtimoiy institutlarga, hususan jamoat tashkilotlariga muhim o'rin berildi. Binobarin, samarali faoliyat yuritadigan jamoat tashkilotlari, nodavlat notijarat tashkilotlarni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish shuningdek, jamiyatda maqsadli ijtimoiy hamkorlikni ta'minlash demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lidagi davlatning eng muhim funksiyalaridan biri etib belgilandi.
Shuningdek, bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi quyidagi omillar bilan izohlanadi:
Birinchidan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida ham ijtimoiy hamkorlikni ifodalovchi masalasi bir necha bor e'tirof etiladi. Bu borada jismonan

1 Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson maniaatlar1ni ta’ m in lash -yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-Toshkent: O’zbekiston, 2017.- B.9.


sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi.1
Ikkinchidan, Ijtimoiy hamkorlik fuqarolik jamiyatini shakllantirishing muhim sharti xisoblanib, O‘zbekiston Respublikasida bu faoliyatning huquqiy asoslari yaratildi. Jamiyat hayotida unin amalga oshirish mexanizmlari qanday kechayotganligini o‘rganish ijtimoiy fanlar oldida turgan dolzarb masaladir.
Uchinchidan, milliy an'ana va qadriyat darajasida shakllangan, o‘zbek xalqi milliy mentalitetida katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan jamoaviylik xususiyati ham ijtimoiy hamkorlikni ifoda etib, jamiyatda moddiy va ma'naviy boyliklarni bunyod etishda ijtimoiy jarayon sub’yektlarini birgalikdagi faoliyatga chorlagan.

Yüklə 71,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin