Namangan davlat


BOB. IJTIMOIY-MADANIY HAYOTDA IJTIMOIY HAMKORLIKNING NAMOYON BO”LISHI VA JAMIYAT



Yüklə 71,94 Kb.
səhifə6/9
tarix05.05.2023
ölçüsü71,94 Kb.
#108114
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ijtimoiy-madaniy faoliyatda ijtimoiy hamkorlikning namoyon bolishi va jamiyat taraqqiyotidagi orni — копия

BOB. IJTIMOIY-MADANIY HAYOTDA IJTIMOIY HAMKORLIKNING NAMOYON BO”LISHI VA JAMIYAT

TARAQQIYOTI

    1. Ijtimoiy hamkorlik jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi muhim


sub’yekt sifatida
Har qanday davrda jamiyatda kechayotgan ijtimoiy jarayonlar jamiyat a'zolari manfaatlarini ifodalagandagina ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘la oladi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar va uning ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligi shubxasiz O‘zbekistonning nafaqat ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotini taminlamoqda, balki uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda.
Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda.1
2008 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil qilinishi hamda Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasining tuzilishi ijtimoiy sheriklikning rivojlanishida yana bir muhim amaliy qadam bo‘ldi.
So‘nggi uch yil ichida turli ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga 11 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Mamlakatimiz rahbari

1 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi-Toshkent: O`zbekiston. 2010. –B. 42.


tomonidan belgilangan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda 2010 yilda Jamoat fondi tomonidan bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan.
Mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni yanada rivojlantirishga hamda bunda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtirok etishiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tuzildi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablag‘larni jamlaydi, bu mablag‘lar nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashga, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalarni hal etishda ularning ishtirok etishiga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun taqsimlanishini tashkil etadi;
mablag‘larni keyinchalik nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashga taqsimlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga yo‘naltiradi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy maslahat, tashkiliy, texnik jihatdan va boshqa xil yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash
jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda ishtirok etishiga ko‘maklashish maqsadida tuziladi.
Parlament komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a'zolari, adliya va moliya vazirliklarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan rais, uning o‘rinbosari, mas'ul kotib va komissiya a'zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Parlament komissiyasi quyidagi vazifalarni ado etadi:

  • Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larining nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab- quvvatlash uchun taqsimlanishini tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining va davlat organlarining takliflarini o‘rganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;

  • Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larini taqsimlashda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlaydi, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning o‘tkazilayotgan sotsial- iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta'minlashda ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etadi;

  • joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘larning hajmlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi

ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalarining buyurtmalari asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi, ushbu komissiyalar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni ta'minlaydi;

  • Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, ushbu jamoat fondi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlar hamda loyihalar ustidan nazoratni amalga oshiradi, o‘z majlislarida moliyalashtirilayotgan dasturlar hamda loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari to‘g‘risida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotini eshitadi, ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doir zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi va topshiradi;

  • ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga ko‘maklashadi;

  • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini, jamoatchilik ekspertizasini tashkil etishda davlat organlariga yordam ko‘rsatadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha tizimli ishlar olib boradi;

  • ijtimoiy sheriklik sohasida ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • bajarilgan ishlar to‘g‘risida har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga va Senatiga axborot taqdim etadi;

  • o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qiladi.

  • Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi.

Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi.
Bugungi ijtimoiy hayot ijtimoiy va siyosiy faollikni yanada oshirishni talab etmoqda. Faqat xalq irodasiga, fuqarolarning o`tkazilayotgan islohotlardagi faol ishtirokiga, ularning yurtimizda amalga oshirilayotgan tub o`zgarishlarni tushunishi va qo`llab-quvvatlashiga tayangan holda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishning maqsad va vazifalarini ro`yobga chiqarish mumkin. Shuningdek, hokimiyatning vakillik va ijro etuvchi organlarini shakllantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtiroki uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish lozim.1
Ayni shu maqsadda, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslarini rivojlantirish hamda rolini kuchaytirish, shuningdek ularning joylarda sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq jamoat fondlari tuzilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan jamoat fondlari quyidagilarni amalga oshiradi:

  • mahalliy byudjetdan va Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondidan olinadigan mablag‘larni, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalarini, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘larni jamlaydi;

  • jamlangan mablag‘lardan nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini, ularning

1 Nazarov Q. umumiy tahriri ostida. Fuqorolik jamiyati institutlari faoliyatida ish olib borishning samarali usul va uslublaridan foydaanish” mavzusidagi seminar –trening materiallari. Toshkent. 2009. - B. 70.


joylardagi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanilishini tashkil etadi;

  • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga, gumanitar masalalarni hal etishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashadi.

Jamoat komissiyalari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining, adliya va moliya organlarining, shuningdek boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan rais, uning o‘rinbosari, mas'ul kotib va komissiya a'zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Jamoat komissiyalari nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorligini chuqurlashtirishga ko‘maklashadi, ularning takliflarini o‘rganish asosida ijtimoiy sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlaydi,nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining joylarda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan sotsial hamda ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga, ularni amalga oshirish uchun mablag‘larning zarur hajmlarini aniqlashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi hamda tegishli buyurtmalarni Parlament komissiyasiga yuboradi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari mablag‘larining samarali taqsimlanishini tashkil etadi, Shuningdek ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi, tegishli hududda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda ijtimoiy sheriklik
holatining monitoringini va baholanishini amalga oshiradi, zarur hollarda, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirishga doir aniq tadbirlarni ishlab chiqadi,
ijtimoiy sheriklik sub’yektlari o‘rtasida manfaatlarni kelishib olishga va birgalikdagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan maslahatlashuvlar hamda muzokaralarni tashkil etadi va o‘tkazadi, ular o‘rtasida bitimlar va shartnomalar tuzishga, shuningdek ularning ijro etilishiga ko‘maklashadi, ijtimoiy sheriklik sohasida ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qiladi.
Jamoat komissiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlarining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi.
Jamoat komissiyalari o‘z faoliyatini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq amalga oshiradi.
Jamoat komissiyasining namunaviy reglamenti Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.Jamoat komissiyalari faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta'minlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat subsidiyasi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan beriladigan hamda aniq loyihalar bilan bog‘liq bo‘lmagan moliyaviy yoki boshqa moddiy ko‘makdir.
Davlat subsidiyalaridan faqat nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ijtimoiy foydali maqsadlarga erishish uchungina foydalaniladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat subsidiyasini olish uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga buyurtmalar bilan murojaat etadi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining buyurtmalarini umumlashtiradi, subsidiyalash hajmlariga doir takliflarni tayyorlaydi hamda ularni Parlament komissiyasiga kiritadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, subsidiyalashning maqsadga muvofiqligi va zarur hajmlari to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tasdiqlanganidan keyin Parlament komissiyasiga davlat subsidiyalarini taqsimlashga doir takliflarni taqdim etadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining takliflari olinganidan keyin nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ajratiladigan davlat subsidiyalarining hajmlarini aniqlaydi.
Davlat subsidiyalarini ajratish tartibi va shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy munosabatlarning boshqa sohalari kabi huquqiy tartibga solishni talab qiladi, chunki davlatning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligi uchun qulay huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarning yaratilishiga zarurat tug‘iladi. 1
Ijtimoiy sheriklik munosabatlarini, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish tamoyillari va mexanizmini tartibga solishga qaratilgan, sog‘liqni saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, aholi, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta'minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega boshqa muammolarni hal etishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokiga


1 Odilqoriyev X.T. O`zbekiston demokratik islohotlar yo`lida. To`plam. Toshkent: JIDU, 2001.-B. 56.


huquqiy asoslar yaratuvchi qonun loyihasi yaratish bugungi kundagi dolzarb masalaga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 2010 yil
12 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma'ruzasida yurtimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari rolini yanada kuchaytirish fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratlashtirish va mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bo‘yicha o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimizni ro‘yobga chiqarishda hech bir mubolag‘asiz hal qiluvchi omil ekanini alohida ta'kidlab o‘tdi. Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiq- oshkoraligi va samaradorligini ta'minlashda, ularning rolini kuchaytirishda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar ko‘zda tutilishi darkor.1
Mamlakatimizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, bolalarni, ayniqsa, qiz bolalarni jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, sog‘lom turmush tarzini aholi, oilalar o‘rtasida keng targ‘ib etishga qaratilgan tanlovlar o‘tkazilishi nazarda tutilayotgani diqqatga sazovor. Bu boradagi ishlarni ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirish ko‘zlangan maqsadga erishishning muhim omili hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini fuqarolik jamiyati institutlari va davlat tuzilmalari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish asosida olib borish, fuqarolar turmush darajasini yaxshilash, tadbirkorlikni taraqqiy ettirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga
1 Odilqoriyev X.T. O`zbekiston demokratik islohotlar yo`lida. To`plam. Toshkent: JIDU, 2001.-B. 56.
yordam ko‘rsatish, ularning va NNTning shahar, mahalla hamda ko‘chalarni obodonlashtirishdagi faolligini kuchaytirish, atrof-muhitni himoya qilish hamda bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tanlovlarga alohida e'tibor qaratilgan. Jamoat fondi va Parlament komissiyasi o‘tkaziladigan tanlovlar haqida nodavlat-notijorat tashkilotni xabardor qilish bo‘yicha ish boshladi, Birgina 2014- yildagi faoliyat taxlil etilsa, aprel oyining boshlarida mamlakatning barcha hududlarida O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assatsasiyasi, Fuqarolik jamiyatini shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining joylardagi bo‘linmalari, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi va Parlament komissiyasi vakillari ishtirokida “davra suhbatlari” o‘tkazildi. Ayni chog‘da “Kelajagi buyuk - sog‘lom avlod” mavzuidagi tanlovlaridan biri e'lon qilindi. U “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan muhim masalalarni hal etishga Nodavlat-notijorat tashkilot va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini keng jalb qilishga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega. Mazkur grant tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazishga umumiy mablag‘ning 3,8 mlrd. so‘mdan ortig‘i yoki mo‘ljallangan jami mablag‘ning 46,3 foizi yo‘naltirildi. Ommaviy axborot vositalari tomonidan aholining huquqiy madaniyati hamda ongini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini, ayniqsa, yoshlar orasida targ‘ib qilishga, demokratik islohotlarning amalga oshirilishi va fuqarolik jamiyatining barpo etilishi jarayonlarini mustaqil ommaviy axborot vositalarida yoritishga qaratilgan tanlovlar o‘tkazilishi alohida yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Shu tariqa yil davomida tanlovlar 67 yo‘nalishda tashkil etildi. Davlat grantlariga ajratilgan mablag‘lar miqdori esa 2013 yildagiga nisbatan 15,8 foiz oshirildi. Shu o‘rinda Parlament komissiyasi qarorlariga asosan, nodavlat-notijorat tashkilotining, Ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni yechishga qaratilgan davlat ijtimoiy buyurtmalarini joylashtirish uchun tanlov e'lon qilinganini qayd etish joiz. Bunga 1,4 mlrd. so‘m yoki jami mablag‘ning 17,1 foizi miqdorida mablag‘ ajratildi. Qayd etish kerakki, Jamoat fondi nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishda katta
rol o‘ynaydi. Fuqarolarning atrof-muhit muhofazasini ta'minlash, salomatlikni asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shubhasiz, ushbu yo‘nalishdagi Davlat dasturlarining samarali ijro etilishiga xizmat qildi. Muhimi, ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati Nodavlat-notijorat tashkilot ishtirokida ro‘yobga chiqariladi, shuningdek, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini bajarishda jamoat tashkilotlarining ishtirokini ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi. Albatta, bu kabi sa'y-harakatlar yurtimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari roli yanada oshishiga, ularning kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish hamda mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida hal qiluvchi omilga aylanib borishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda ijtimoiy hamkorlik natijasida jamiyat a'zolari madaniyatning institutsionlashtirilgan tizimiga birlashadilar va uning asnosida jamiyatning madaniy-ma'rifiy taraqqiyoti yuzaga keladi. Bu o‘z navbatida davlatning amalga oshirayotgan ijtimoiy siyosati to‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi.


    1. Yüklə 71,94 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin