«Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘lib,
ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O‘zini-
o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi
qonun bilan belgilanadi».
« Fuqarolarning o‟zini-o‟zi boshqarish organlari to‟g’risida”gi qonunning (yangi taxriri) 1-moddasida o‟zini-o‟zi boshqarishning huquqiy tushunchasi tasnifi. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari bilan
kafolatlanadi, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, mahalliy urf-
odatlar va an‘analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish
borasidagi mustakil faoliyatidir.