141
GLOSSARIY:
SOTSIOLOGIYA FANINING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA MUHIM
ATAMALARI
Avtokratik harbiy boshqaruv – o‘z qo‘lida butun hokimiyatni jamlagan harbiy
yetakchining idora qilishi.
Avtoritet – boshqa insonlarning xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini boshqarish
uchun berilgan, qonuniylashtirilgan huquq.
Adaptasiya – biologik organizmning muayyan sharoitda yashashga moslashish
qobiliyati.
Anomiya – ijtimoiy me‘yorlar individ xulq-atvorini belgilay olmaydigan vaziyat
(E.Dyurkgeym tomonidan kiritilgan).
An‟analar – o‘tmishdan foydaliligi jihatidan insonlar qabul qiladigan, avloddan-
avlodga o‘tadigan madaniy norma va
qadriyatlar, ko‘nikmalar.
Assimilyasiya – ozchilikning ko‘pchilik aholi ichiga singishib ketishi, bunda
ozchilik aholi hukmron madaniyat me‘yorlari va qadriyatlarini qabul qiladi.
Barqarorlik (ijtimoiy)– jamiyatdagi tinch-totuvlik va uni mustahkamlash uchun
shart-sharoitning mavjudligi; ijtimoiy qatlamlar, kuchlar va siyosiy partiyalar
o‘rtasidagi hamjihatlik vaziyati; davlat, jamoat tashkilotlari, fuqarolar o‘rtasidagi
ijtimoiy kelishuv holatining muttasil davom etishi va h.k.
Bilish – tasavvur, tushuntirish va eslab qolishni qamrab oladigan tafakkur
jarayoni.
Dostları ilə paylaş: