Ichkaridan kuzatish – guruh yoki hamjamiyatlar faoliyatida sotsiologning o‘zi
ishtirok etishini nazarda tutuvchi tadqiqot usuli.
Iqtisodiyot – muayyan jamiyatlardagi individlarning moddiy ehtiyojlarini
qoniqtirishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish va ayirboshlash tizimi.
Korellyasiya – ikki kattalik yoki o‘zgaruvchanlik orasidagi statistik shaklda
ifodalanadigan barqaror munosabat.
Liderlik – individ tomonidan guruh liderligiga xos layoqat va sifatlarning
namoyon etilishi.
Madaniy takror ishlab chiqarish – madaniy qadriyatlarning avloddan avlodga
o‘tishi.
Madaniyat – jamiyat uchun xos bo‘lgan qadriyatlar, me‘yorlar va moddiy ishlab
chiqarish.
Makrosotsiologiya – katta ko‘lamdagi guruhlar, tashkilotlar yoki ijtimoiy
tizimlarni o‘rganish.
Manfaat – individ yoki ijtimoiy guruhning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan
bog‘liq yo‘nalganligi.
Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari,
orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni
amalga oshirish tizimi.
Mentalitet (lot. mens – aql, idrok) – jamiyat, millat, jamoa yoki alohida
shaxsning tarkib topgan tafakkur darajasi, ma‘naviy salohiyati, hayot qonunlarini tahlil
etish kuchi, muayyan, ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati.
Me‟yorlar – muayyan ijtimoiy birlik doirasida qabul qilingan xulq-atvor
qoidalari.