Milliy mentalitet – milliy ong va faoliyat xarakterini ifodalovchi tushuncha,
millatning an‘analari, madaniyati, ijtimoiy strukturasi va turmush tarzi asotsida
shakllanadi..
Nazariya – muntazam kuzatiladigan hodisalar o‘rtasidagi umumiy tavsiflar va
qonuniyatlarni aniqlashga urinish.
Nizo – jamiyatdagi guruhlar yoki individlar o‘rtasidagi antagonizm.
Nikoh – individlar orasidagi jamiyat tomonidan ma‘qullanadigan seksual
munosabatlar.
Noformal munosabatlar – gurhlar yoki tashkilotlardagi shaxsiy mayllar asotsida
shakllanadigan munosabatlar.
Oila – qon-qarindoshlik, nikoh yoki farzandlikka olish munosabatlari bilan
bog‘langan individlar guruhi.
Ob‟ekt (lot. objiect – narsa) – sub‘ektning bilish va amaliy faoliyatida unga
qarama-qarshi turadigan narsa.
Ob‟ektiv reallik – inson ongiga bog‘liq bo‘liagan, undan tashqaridagi moddiy
olam.
Olomon – qiziqishlarining umumiyligiga ko‘ra yopiq makonda vaqtinchalik
to‘plangan insonlar yig‘indisi.