Eklektik guruhlash – funksional va sababiy izohlash mumkmn bo‘lmagan
guruhlash turi.
Elita (fr. elite – eng sara) – har qanday ijtimoiy tuzilmaning boshqaruv,
madaniyat va fanni rivojlantirish funksiyalarini amalga oshiruvchi oliy, imtiyozli
qatlami.
Empirik tadqiqotlar – sotsiologiyaning har bir sohasida o‘tkaziladigan
faktologik tadqiqotlar.
E‟tiqod – (ishonch, iymon) – muayyan maqsad, qadriyatga ishonch, shu asosda
shakllangan tafakkur.
Ehtiyoj – inson talablari asotsida paydo bo‘ladigan tabiiy xususiyat; jonli
mavjudot hayot kechirishining yaqqol shart-sharoitlarga, uning shularga bog‘liq
ekanligini ifoda etuvchi holat.