Formal munosabatlar – guruh va tashkilotlarda ―rasmiy‖ hokimiyat tizimi
me‘yor va qoidalariga mos ravishda o‘rnatilgan munosabatlar.
Funksiya (lot. functia – amalga oshirish, bajarish) – faoliyat, ba‘zi sistemalar
doirasidagi ob‘ektning unga mansubligi va roli; ob‘ektlar o‘rtasidagi aloqalar ko‘rinishi
bo‘lib birining o‘zgarishi ikkinchisining ham o‘zgarishiga olib keladi, bunda ikkinchi
ob‘ekt dastlabkisining funksiyasi deyiladi.
Fuqarolik jamiyati – mazkur mamlakatning har bir fuqarosiga iqtisodiy va
siyosiy turmushini o‘z ixtiyori asotsida qurishga to‘la erkinlikni kafolatlovchi ma‘lum
ijtimoiy tizim.
Xalq – lug‘aviy ma‘noda el, elat, millat, aholi, xaloyiq, bir guruh kishilar
ma‘nolarini anglatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha.
Xususiyat – predmet va hodisalarning boshqa predmet va hodisalardan farqini
yoki ular bilan umumiylikni ifodalovchi kategoriya.
Shaxs – alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o‘zida mujassamlashtirgan
individ.
Evolyusiya – biologik organizmlarning atrof-muhit sharoitiga moslashish yo‘li
bilan rivojlanishi.