O‟z-o‟zini bilish – ijtimoiy tadqiqotlar jarayonida odamlarning o‘z xatti-
harakatlari sharoitlari va vaziyatlarini tushunishi va anglashining o‘sishi, bu vaziyatni
o‘zgartirishga imkon yaratadi.
Qadriyatlar – voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-
ahloqiy, madaniy-ma‘naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha;
individ yoki guruhlarning nima yaxshi va nima ma‘qul emasligi to‘g‘risidagi
tasavvurlari.
Qonun – sotsiologiyada: siyosiy hokimiyat tomonidan belgilangan va davlat
qudrati bilan qo‘llab-quvvatlanadigan xulq-atvor qoidalari.