Ijtimoiy jarayon – strukturaviy yoki funksional jihatdan bir-birni taqozo etuvchi
ijtimoiy hodisalar turkumi.
Ijtimoiy institut – ma‘lum bir hayot muhitida insonlarning o‘zaro xatti-
harakatlarini idora etuvchi va unda rol va statuslarni belgilovchi rasmiy va norasmiy
qoidalar, tamoyillar, me‘yorlar, o‘rnashmalarning barqaror yig‘indisi.
Ijtimoiy me‟yor – ijtimoiy xatti-harakatni umumiy boshqarib turuvchi qatori
sifatida namoyon bo‘luvchi qoida.
Ijtimoiy mobillik – individlar va guruhlarning jamiyat tarkibida o‘z o‘rnini,
mavqeini o‘zgartirishi.
Ijtimoiy nazorat – ijtimoiy tizimning uni tashkil etuvchi elementlarining o‘zaro
xatti-harakatlarini normativ idora vositasida tartibga solishni ta‘minlovchi o‘zini-o‘zi
idora etish usuli.
Ijtimoiy rol – muayyan ijtimoiy pozisiyani egallab turgan individdan kutiladigan
xulq-atvor.