Birlamchi guruh – bir-birlari bilan shaxsiy munosabatlarda bo‘lgan individlar
guruhi.
Byurokratiya – aniq hokimiyat ierarxiyasiga, amaldorlar xulq-atvorini belgilab
beradiganko‘rsatma va yo‘riqnomalarga ega bo‘lgan tashkilot tipi, amaldorlar shtati.
Vertikal mobillik – ijtimoiy stratifikatsiya tizimi ierarxiyasida yuqoriga va
pastga qarab siljish.
Gender – erkaklar va ayollar uchun xos hisoblangan jihatlarni xklq-atvordan
kutish.
Globallashuv – dunyodagi turli odailar, mintaqalar va mamlakatlar o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlikning o‘sishi.
Gipoteza (yun. hypothesis – asos) – o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va
xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shakli.