Jamoatchilik fikri sub‟ekti – jamoatchilik doirasida fikr uyg‘ota olish
qobiliyatiga ega bo‘lgan fikr egasi va ifodalovchisi, guruhlar, jamoalar, millatlar, sinflar
va h.k.
Jamoatchilik fikrini xaspo‟shlash (manipulyasiya) – dolzarb muammolar
bo‘yicha aholi ongiga nisbatan biron-bir fikrni zo‘rlab singdirish.
Jinoyat – hokimiyat tomonidan o‘rnatilgan qonunlarni buzadigan har qanday
xatti-harakat.
Jins – ayollar va erkaklarni bir-biridan ajratib turadigan biologik va anatomik
xususiyatlar.
Ideal tip – voqelikdagi real mavjudligi shart bo‘lmagan ijtimoiy ob‘ektning
asosiy belgilarini ta‘kidlovchi konstruksiya.
Ijtimoiy guruh – har bir a‘zosi boshqalariga nisbatan taqsimlangan kutinmalar
asotsida ma‘lum bir tarzda o‘zaro xatti-harakat qiluvchi individlar yig‘indisi.