2. Avtoritar jamiyat (lot. boshlovchi, asoschi, ijodkor, muallif) – demokratik
bo‘lmagan siyosiy rejimga asoslangan yoki siyosiy ongning avtoritar shakli. Bu siyosiy
hukmronlik qilishning o‘ta reaksion davlat tizimi. Shaxsning diktatorlik elementlari
bilan uyg‘unlashib ketadi.
3. Demokratik jamiyat (yunon. xalq hokimiyati) – xalqning hokimiyat manbai
ekanligi, davlat ishlarini hal qilishda qatnashishini bildiradi. Ijtimoiy tuzilma –
jamiyatning ijtimoiy asosini tashkil qiladi.
Hozirgi kunda jamiyatning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
1.Farovonlik (mo‘l-ko‘llik) jamiyati: – (Ko‘proq G‘arbda; Skandinaviya davlatini misol
keltirish mumkin).
2.Iste‘mol qilish jamiyati (AQShda XX asr 40–50-yillarda yuzaga kelganligi bilan
xarakterlanadi).
3.Ochiq va yopiq jamiyat. Ochiq jamiyat – demokratik jamiyat bo‘lib, tashqi muhit
sharoitlarida oson o‘zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o‘tmoqka moslashgan
jamiyat. Yopiq jamiyat – dogmatik-avtoritar rejim asosida bo‘lib, sehrli (magik) tafakkur,
dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan xarakterlanadi.
4.Industrial (sanoat) jamiyati. (XX asr 50-60 -yillarida yuzaga keldi. Bu konsepsiya
o‘z mohiyatiga ko‘ra, markscha ijtimoiy-iqtisodiy formasiya to‘g‘risidagi ta‘limotlarga
qarshi qaratilgan.
Jamiyatlarning zamonaviy ko‘rinishlari: