68
Jamiyat – kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo‘lib, o‘z
tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Jamiyatni sotsial tizimning muayyan
konkret shakli sifatida, uning funksional va rivojlanish qonuniyatini, har bir
bo‘lakchalarning o‘ziga xos tomonlarini, o‘zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan
o‘rganib, to‘g‘ri boshqarish muhim ahamiyatga ega.Chunki, o‘z vaqtida keyingi oqibati
o‘ylanmagan, oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan
nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.
Ijtimoiy tizim – o‘zaro bog‘langan individlar, ijtimoiy guruhlar va institutlarni o‘z
ichiga oluvchi, murakkab tashkil bo‘lgan va tartiblangan ijtimoiy yaxlitlik. Ijtimoiy
tizim – murakkab ichki tuzilishga ega bo‘lib, tartibli, bir butun, o‘ziga xos ijtimoiy
aloqadorlik va turli ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi. Har qanday ijtimoiy
tizim tarkibiy tizimlar, masalan, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, ma‘naviy, ijtimoiy
turmush, fan va shu kabi sohalardan
to alohida olingan
insongacha bo‘lgan ijtimoiy
tizimlar shular jumlasidandir.
Jamiyat insonlar o‘rtasida sotsial aloqalar,o‘zaro ta‘sir va munosabat tashkil
etishning universal usulidir. Ushbu munosabatlar? o‘zaro aloqalar «ehtiyojlar»,
»motivlar», «qadriyatlar» asosida shakllanadi.
M.Veber fikricha, jamiyat – sotsial, ya‘ni boshqa insonlarga yo‘naltirilgan
harakatlar mahsuli bo‘lgan insonlar munosabatidir. T.Parsons fikricha esa, jamiyat
qadriyatlar va me‘yorlar orqali tuziladigan munosabatlar tizimi. K.Marks fikricha esa,
jamiyat – insonlarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo‘luvchi munosabatlar
majmuasidir. Ingliz olimi G.Spenser jamiyatni tirik biologik organizmga analogiya
qiladi.
Jamiyatlar
siyosiy jihatdan avtoritar,totalitar va demokratik turlarga bo‘linadi.
1.
Totalitar jamiyat (lot. umumiy, butun, jamiki) – avtoritar shakllaridan biri.
Jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan yalpi nazorat o‘rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: