4-MAVZU SOTSIAL GURUHLAR VA SOTSIAL INSTITUTLAR Reja 1. Sosial guruh tushunchasi va turlari. 2. Sosial institut va uning turlari. 3. Jamiyat hayotida sosial institutlarning o‟rni va roli Guruh – bu xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan
boshqariladigan, ma‘lum norma va qadriyatlarga ega bo‘lgan, boshqa birliklardan o‘z
xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan
bog‘langan kishilar yig‘indisidan iborat bo‘lgan sotsial birlikdir.
Guruhga xos xarakterli xususiyatlar quyidagilar: guruh soni, ichki tashkilot, ya‘ni
institutlar, nazorat shakllari; faoliyat namunalari; norma va qadriyatlar; farq qiladigan
xususiyatlari.
Guruhlar eng avvalo miqdor jihatdan katta va kichik guruhlarga bo‘linadi.
Umuman, katta sotsial guruh deganda, a‘zolar soni ko‘p bo‘lgan kishilar guruhlari
tushuniladi. Katta sotsial guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-a‘zolar sonining ko‘pligi;
-yagona hududning mavjud emasligi;
-a‘zolar o‘rtasidagi aloqalarning asosan ommaviy aloqa vositalari orqali o‘rnatilishi;
-guruh tuzilishining murakkabligi, aniqroq qilib aytganda, bu guruhlar ko‘p
rasmiy va norasmiy, uyushgan va uyushmagan guruhlarni o‘z ichiga oladi.
Katta guruhlar ikki turga bo‘linadi.
1.Tasodifiy, stixiyali paydo bo‘ladigan va qisqa vaqt mavjud bo‘ladigan guruhlar.
Bularga olomon, xaloyiq (publika), auditoriya va boshqalarni kiritish mumkin.
2.Tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan va jamiyat ijtimoiy munosabatlari
tizimida ma‘lum o‘ringa ega bo‘lgan birliklar. Bu turdagi guruhlarga sotsial sinflar, turli
etnik guruhlar (ellat, xalq, millat), kasbiy guruhlar, jinsiy va yoshga oid guruhlar
(yoshlar, ayollar, keksalar) va boshqa guruhlarni kiritish mumkin.
Jamiyatning fundamental ehtiyojlarini qondirish uchun hizmat qiladigan muassasalar