Ijtimoiy o‟zgarishlar – ijtimoiy guruh yoki jamiyatning tayanch tuzilmalaridagi
o‘zgarishlar.
Ijtimoiy qatlam – ijtimoiy jihatdan bir xil bo‘lmagan, jamiyatda alohida ijtimoiy
guruhlar, ularning belgilanishi, sinfiy bo‘linish ifodasi.
Ijtimoiy harakat – ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirish yoki to‘sqinlik qilish
uchun jalb etilgan odamlarning katta guruhi.
Ijtimoiylashuv – individning ijtimoiy me‘yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtirish
jarayoni bo‘lib, bu jarayonda u shaxs sifatida shakllanadi.
Ijtimoiylashuv agentlari – ijtimoiylashuvning eng muhim jarayonlari yuz
beradigan guruhlar yoki ijtimoiy kontekstlar.
Ikkilamchi guruh – bir-birlari bilan shaxsan tanish bo‘lmagan individlar guruhi.
Irqchilik – muayyan jismoniy xususiyatlarga ega bo‘lgan odamlarga afzallik
yoki kamsitilish tavsiflarini tirkash.
Islohot – mavjud ijtimoiy tuzum asoslariga putur yetkazmasdan ijtimoiy
hayotning biron-bir sohasini o‘zgartirish, har qanday yangilikni joriy etish.