Mehnat taqsimoti – ishlab chiqarish tizimini ixtisoslashgan vazifalar va
kasblarga taqsimlash bo‘lib, u umumiqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikka olib keladi.
Mikrosotsiologiya – inson xulq-atvorini yuzma-yuz o‘zaro ta‘sir kontekstida
o‘rganish.
Millat – til, ma‘naviyat, milliy o‘zlikni anglash, ruhiyati, urf-odatlar, an‘analar va
qadriyatlar yagonaligi asotsida muayyan hududda yashovchi ijtimoiy aloqalar bilan
bog‘langan mustaqil sub‘ekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma‘naviy boyliklarni
yaratuvchi kishilarning etnik birligi.