Namangan muhandislik pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi sosiologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/234
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#37654
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   234
sosiologiya

Ichkaridan  kuzatish  –  guruh  yoki  hamjamiyatlar  faoliyatida  sotsiologning  o‘zi 
ishtirok etishini nazarda tutuvchi tadqiqot usuli. 
Iqtisodiyot  –  muayyan  jamiyatlardagi  individlarning  moddiy  ehtiyojlarini 
qoniqtirishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish va ayirboshlash tizimi. 
Korellyasiya  –  ikki  kattalik  yoki  o‘zgaruvchanlik  orasidagi  statistik  shaklda 
ifodalanadigan barqaror munosabat.  
Liderlik  –  individ  tomonidan  guruh  liderligiga  xos  layoqat  va  sifatlarning 
namoyon etilishi. 
Madaniy  takror  ishlab  chiqarish  –  madaniy  qadriyatlarning  avloddan  avlodga 
o‘tishi. 
Madaniyat – jamiyat uchun xos bo‘lgan qadriyatlar, me‘yorlar va moddiy ishlab 
chiqarish.  
Makrosotsiologiya  –  katta  ko‘lamdagi  guruhlar,  tashkilotlar  yoki  ijtimoiy 
tizimlarni o‘rganish. 
Manfaat – individ yoki ijtimoiy guruhning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan 
bog‘liq yo‘nalganligi. 
Mafkura  –  muayyan  ijtimoiy  guruh, qatlam,  millat, jamiyat, davlat  manfaatlari, 
orzu-istak  va  maqsad-muddaolari  ifodalangan  g‘oyaviy-nazariy  qarashlar  va  ularni 
amalga oshirish tizimi. 
Mentalitet  (lot.  mens  –  aql,  idrok)  –  jamiyat,  millat,  jamoa  yoki  alohida 
shaxsning tarkib topgan tafakkur darajasi, ma‘naviy salohiyati, hayot qonunlarini tahlil 
etish kuchi, muayyan, ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati. 
Me‟yorlar  –  muayyan  ijtimoiy  birlik  doirasida  qabul  qilingan  xulq-atvor 
qoidalari. 


 
 
144 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin