Strukturalizm – tilni o‘rganishda vujudga kelgan, ijtimoiy va madaniy
tizimlarning tuzilmasini aniqlashga qaratilgan nazariy yondashuv.
Sub‟ekt (lot. subjectus – asotsiga qo‘ymoq) – amaliy faoliyat va bilim bilan
bog‘liq bo‘lgan, ob‘ektni bilishga qaratilgan faollik manbai.
Tavsiflash – ifodalashning tanlangan tizimi yordamida tajribaga asoslangan
sotsiologik tadqiqotlar natijalarini qayd etish va bu natijalarni fan tushunchasida
ifodalashdir.
Tashkilot – hokimiyat munosabatlarining alohida turkumiga jalb etilgan
individlarning katta guruhi.
Tafakkur – predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari
aniqlaydigan, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya‘ni qonuniy bog‘lanishlarni aks
ettiradigan bilishning rasional bosqichi.