3.9. Muvaffaqiyatning kalit omillari. Tarmoqdagi vaziyatni umumiy
baholash
Tayanch iboralar:tarmoq, umumiy vaziyat, kompaniyaning kuchli va zaif
jixatlari, raqobat, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, raqobat kuchlari, soha va
raqobat tahlillari, raqiblarning maqsadlari va strategiyalari, muvaffaqiyatning
kaliti, omillar, vaziyat, baholash
3.1. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va
usullari
Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo’lib, tahlil 2
yo’nalishda olib boriladi
15
:
1-Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari.
2-Kompaniya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.
Tarmoqlar o’zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat va rivojlanish istiqbollari
bo’yicha bir - biridan farq qiladi. Masalan: Ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlari
yuqori
va past bo’lishi mumkin.Xar bar tarmoq uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar
xajmi xam xar xil bo’ladi. Bozorlar esa maxalliydan tortib dunyo bozorigacha
farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo’ladi. Talab xam o’sib boruvchi yoki
kamayib boruvchi bo’ladi.
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda aloxida
usullar qo’llanilib, bu usullar tarmoqda bo’layotgan o’zgarishlar va raqobat
kurashini baholash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi 7
ta savolga javob
topish lozim:
1.
Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar.
2.
Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi.
3.
Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar.
4.
Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari.
5.
Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari.
6.
Raqobat qaysi yo’nalishda borishini kim belgilaydi?
7.
Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi
Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muxitiga xos bo’lgan
va kompaniyaning strategik yunalishi va imkoniyatlarini eng yorqin ifodalovchi
jixatlarni aniqlashdan iboratdir. Bunda asosiy etibor strategiyaga oid bir qator muxim
savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. Sungra bu savollar kompaniyadagi
strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish
va uning strategik
xatti-harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi.
Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni tahlil
qilish usullari kelgusida ko’pincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini tahlil
qilishda ham foydalaniladi.
Yakka biznes bilan shug’gullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni
(makromuxitni) tahlil qilishda odatda soha va raqobat tahlillaridan foydalaniladi.
Vaziyatni tahlil qilishda Korxonaning eng yaqin atrofi (mikromuxiti) o’rganiladi. 6-
rasmda yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun strategik tahlilning
strukturasi keltirilgan. Kompaniya strategik tahlilining mantiqiy
yechimi strategiyani
15
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.p.78
42
tanlashda muqobil variantlarga baho berishdir. SHunday qilib, ushbu tahlil strategik
rejani shakllantirishning dastlabki nuqtasidir.
Dostları ilə paylaş: