lozim. Ushbu o’rta korxonalarning xar qanday ortiqcha pul mablag’lari
«rivojlanayotgan g’oliblar»ni va o’sishning sekinlashish bosqichini boshidan
kechirayotgan o’rta korxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun ishlatilishi lozim.
Ushbu matritsa xam,
Mak Kinsey matritsasi kabi, menejerlarga o’rta korxonalar
portfelining muvozanatlashganlik darajasini baholashga imkon beradi.
Muvozanatlashgan portfelda «ustivor g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchilar»,
bir nechta «rivojlanayotgan g’oliblar» va yuqori potentsialli «suroq belgilari» bo’lishi
lozim. Ayni paytda ushbu matritsa o’rta korxonalar portfelining dinamikasini
baholashga imkon beradi.
Ikkinchi tomondan, ushbu matritsa Mak Kinsey matritsasiga
qo’shimchadir, chunki u ko’pgina muxim omillarni aks ettirmaydi.
Bunday texnologiyaning ustunliklari quyidagilardan iborat:
- menejerlar uchun diversifikatsiya oqibatlarini tahlil qilish imkoniyati;
- aloxida o’rta korxonalar o’rtasidagi kerakli pul oqimlarining
aks ettirilishi,
korxonaning oliy raxbariyati uchun resurslarni tug’ri taqsimlash imkoniyati;
- o’rta korxonalar portfelining muvozanat kontseptsiyasi o’rta korxonalarning
xozirgi strukturasini aniqlashga va o’zoq muddatli daromadlarni
optimallashtirishga
imkon beradi (muvozanatlashgan portfel
ь
- kompaniyaning kuchli jixati bo’lib,
muvozanatlashmagan portfel esa uning zaifligi xisoblanadi).
Ammo o’rta korxonalar taxhlilining matritsa texnologiyasi ma’lum bir
«qopqon»larga olib kelishi mumkin:
- o’rta korxonalar sonining ko’pligi korxona raxbariyati uchun axborotning
g’oyatda ko’pligi tufayli turli muammolarni vujudga keltirishi mumkin (amalda bu
o’rta korxonalar soni 40-50 taga yaqin bo’lganda yo’z beradi);
- o’rta korxonalar va butun kompaniyaning moliyaviy ustunliklari o’rtasida
ziddiyatlar
vujudga kelishi mumkin;
- matritsa texnologiyasidan soddalashtirilgan xolda foydalanish vertikal
integratsiyadan yoki bog’liq diversifikatsiyadan foydalanadigan kompaniyalar uchun
muammolar vujudga kelishi mumkin (o’rta korxonalar o’rtasidagi
muxim strategik
munosabatlarni ham xisobga olish lozim).
Dostları ilə paylaş: