Etuklik va tushkunlik bosqichida bo’lgan xo’jalik qismlari o’rtasida
nomutanosiblik (disproportsiya)lar yuqmi? Agar mavjud bo’lsa, kompaniyani o’sishini
sekinlashtiradigan darajada katta emasmi?
«Yuldo’zlar»ni va yangi paydo bo’layotgan goliblarni moliyalash uchun
korxonada «Sog’in sigirlar» yetarlimi?
Xo’jalik portfeli mavsumiy yoki bo’ronli tebranishlarga moyil emasmi?
Bu kabi savollarga javoblar korporativ strategiya mualliflari faoliyatining ba’zi
turlaridan kechish, yangi xaridorlar yoki xo’jalik portfelini
qayta tarkiblash xaqida
o’ylab ko’rishlari kerakmi yoki yuqmi ekanligini ko’rsatadi.
Mavjud faoliyat turlari bilan korxonaning maqsadlariga erishish imkoniyatlari
diversifikatsiyalangan kompaniya xo’jalik portfelini strategik va moliyaviy jixatdan
jozibali ekanligini yaxshi mezoni bo’lib xisoblanadi. Bunday xolda korporativ
strategiya sezilarli o’zgarishlar talab etmaydi. Lekin ba’zi bir maqsadlarga erishib
bo’lmaslik extimoli bo’lsa, korporativ strategiya mualliflari bunday nomuvofiqlikni
tugatish uchun ba’zi bir chora-tadbirlarni amalga oshirishi mumkin:
1.Ishbop faollik portfelidagi ba’zi biznes birliklarning
strategik rejalarini
o’zgartirish.
2.Ishbop faollik portfeliga yangi xo’jalik qismlarini qo’shish.
3.Zaif va zararga ishlayotgan biznes birliklaridan voz kechish.
4.Faoliyatning past natijalarining sababi bo’lib xisoblangan sharoitlarni
o’zgartirishga urinish sifatida alyans tashkil etish.
5.Korporatsiya maqsadlarini qayta ko’rib chiqish (faoliyatning ancha kamtarona
natijalariga yul tutish)
Diversifikatsiyalangan kompaniyalarning ishbop faolligi portfeliga kiruvchi
xo’jalik qismlari faoliyatida yuqori natijalarga erishish uchun, korporatsiya menejerlari
mavjud resurslarni samarali taqsimlashlari lozim. Ular resurslarni
past imkoniyatli
sohalardan yuqori imkoniyatli sohalarga yunaltirishlari kerak bo’ladi.
Korporatsiya portfelining eng yaxshi varianti uning o’rta korxonalar tomonidan
yuqori darajada jalb qiluvchanligidir. Portfeldagi mutanosiblikning turli variantlari va
ularni bartaraf qilish usullari yuqorida ko’rib o’tildi. Xatti-xarakatlar rejasini ishlab
chiqishdagi (o’zgarish kiritishdagi) yakuniy bosqich raqobatli potentsialning asosini
tashkil qiluvchi o’rta korxonalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning
muvofiqlashtirilishini ta’minlashdir.
Bunday muvofiqlashtirishning quyidagi yullarini ko’rsatib utish mumkin:
- korxonaning qiymat zanjiridagi bog’liq faollikni ajratib ko’rsatish
(markazlashmagan
xaridlar, xamkorlikdagi ITTKI, ishlab chiqarishni to’liq yoki
qisman integratsiyalash, dilerlik tarmog’ini integratsiyalash va savdoni tashkil qilish);
- korxonaning istemolchilarga, ta’minotga, taqsimot kanallariga va
raqobatchilarga qarshi mudofaa yoki xujum frontini tashkil qilishga yondashuvidagi
kuchli tomonlarini mustahkamlash maqsadida o’rta korxonalar bilan bog’liq
strategiyalarni
muvofiqlashtirish;
- korporatsiyalar bosqichida raqobat kurashidagi xatti-xarakatlarning yagona
strategik rejasini ifodalash;
- o’rta korxonalar o’rtasida o’zaro munosabatni tashkil qilish, «nou-xau»larni,
ilg’or texnologiyani berish va tajriba almashish uchun komitetlar va loyixa guruxlarini
barpo etish;
- strategik o’zaro munosabatlarni mustaxkamlash,
mavjud biznesning qiymat
zanjirida yutuqqa erishish uchun yangi biznes tomon diversifikatsiyalanish;
90
- strategik o’zaro munosabatlarning asosiy kontseptsiyasiga mos kelmaydigan va
muvofiqlashtirish qiyin bo’lgan o’rta korxonalarni qisqartirish;
- boshqaruvchi o’rta korxonalarni korporatsiyaning strategik potentsialini
ruyobga chiqarish manfaatlarida xamkorlikda ishlashga undash.
Dostları ilə paylaş: