Kirish 3 bob. Darajali testlar majmualarini yaratuvchi tizimlar tahlili 6 Darajali testlar va ularni yaratish bo'yicha mavjud manbalar tahlili 6
Testlar majmualarini ishlab chiqish samaradorligi va o' quv jarayonini tashkil etishdagi o'rni 8
Masalaning o'rganilganlik darajasi va uning qo'yilishi 11
bob. iSpring QuizMaker dasturi va uni o'rnatish talablari, xis qilinuvchi darajali testlar ishlab chiqish bo'yicha dasturning imkoniyatlari 13 iSpring QuizMaker dasturi imkoniyatlari va uning interfeysi 13
iSpring QuizMaker dasturi va uni testlar majmualarini ishlab chiqishdagi samaralarini baholash 15
Web dasturlash fani bo'yicha me' yoriy xujj atlar va ularni asoslarini shakllantirish 19
Tester tizimi yaratish ketma- ketligi 21
bob. iSpring QuizMaker dasturida Web dasturlash fanidan multimedia vositali darajali testlar majmuasini ishlab chiqish 29 Web dasturlash fanidan mavzular kesimida testlar kompleksini ishlab chiqish29
iSpring QuizMaker dasturida Web dasturlash fanidan multimedia vositali darajali testlar majmuasini yaratish texnologiyasi 36
O'quv mashg' ulotlarida dasturiy mahsulotdan foydalanish va uning samaradorligini baholash 38
ishlash vaqtida insonning charchash sabablari 42 Mashg'ulotlarni tashkil etishda kompyuter xonasi va operatorning ishchi joyini tashkil etish talablari 42
Xulosa 45
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 46
Ilova 47
Kirish
“Odamlarga bitta baliq bersangiz, ular bir kun toq bo'lishadi; ularga baliq ovlashni o'rgatsangiz bir umr toq bo'ladi”
Konfusiy
Mavzuning dolzarbligi.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2016 yil 15 yanvar kungi mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida “... Shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda jahon miqyosida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning taxminan 5,5 foizi axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasiga to’g’ri kelmoqda. Nufuzli xalqaro ekspertlarning fikriga ko’ra, 2020 yilda bu ko'rsatkich 9 foizdan oshadi” - deya keltirib o’tgan fikrlarini o’zi ham ko’rsatib turibdiki, biz professor - o’qituvchilar oldiga bugungi kun talabiga to’la javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashdek juda katta mas’uliyat yuklanayotganligidan dalolat beradi.
Ma'lumki, hozirgi kunda internet texnologiyalari jadal sar'atlar bilan rivojlanib bormoqda, bu esa talabalarni internetda ishlash bilan birga ularga mos ravishda turli xil sahifalarni yaratish texnologiyasini bilishlari talab qilinadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 11 martdagi “Respublika oliy o'quv yurtlarining kunduzgi bo'limlariga qabul qilishni takomillashtirish to'g'risida” gi PF-361-sonli farmoni mamalakatimiz OTMlariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olish sohasida ta'limdagi tub islohotlarni boshlab berdi.
Respublikamizning 6 ta OTMda test sinovi asosida o'qishga qabul qilish tajribadan o'tkazildi. O'zR Prezidenti farmoniga muvofiq 1992 yil 9 aprelda O'zR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlarining kunduzgi bo'limlariga qabulqilish bo'yicha eksperimentni tashkil etish va o'tkazish to'g'risida” gi 181-sonli qarori qabul qilindi.
Respublikamizda o’qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirishni jadallashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda milliy ta'lim tizimining salohiyati iqtisodiy rivojlanishning yanada yuqori pog’onasiga ko’tarilishga amaliy imkoniyat ta'minlovchi asosiy ijtimoiy resurs sifatida gavdalanadi.
SHu o'rinda prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimovning 2012 yil 21 mart, P^-1730- sonli “Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” qarorlaridan kelib chiqib, kasb hunar kollejlari o'quvchilariga ta'lim tarbiya berishda informasion texnologiyalardan keng foydalanish katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.