Namangan muhandislik-pedagogika


Loyihaning maqsadi va vazifalari (samaradorligini oshirish, sifatini yaxshilash)



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə3/12
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#39428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ispring quizmaker dasturida web dasturlash fanidan testlar kompleksini ishlab chiqish

Loyihaning maqsadi va vazifalari (samaradorligini oshirish, sifatini yaxshilash). Bitiruv malakaviy ishi mavzusida keltirilgan muammoni hal qilishda asosiy maqsad sifatida o'quv mashg'ulotlarini o'tish samaradorligini oshirish hamda o'quvchilarni ko'roq bilim olishlari va yetuk mutaxassis bo'lib yetishlari uchun ularning o'zlashtirgan bilimlarini tekshirish hamda yetarli samaraga erishishdan iborat.

Masalaning noformal tavsifi (mazkur ishning maqsadi).

Bitiruv malakaviy ishida kasb-hunar kollejalarining Informatika va axborot texnologiyalari, Multimedia tizimlari va texnologiyalari bo'yicha kichik mutaxassislar uchun mutaxassislik fanlari blokidagi Web dasturlash fanida pedagogik texnologiyalarning turli metodlarini o'quv jarayonida mavzuga qo'llash va yetarli samaraga erishish ishning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining ob'ekti vapredmeti.
Ushbu bitiruv malakaviy ishining obekti- axborot texnologiyalari bo’yicha o’qitishning mazmuni, predmeti-tayanch bilimlarni shakllantirishda qo’llanadigan pedagogik innovasiyalar.

Bitiruv malakaiy ishi natijalarini ilmiy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida ko’tarilgan masalalar bugungi ta'lim jarayonini tashkil etishdagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan. Unda olingan natijalar amaliy ahamiyatga ega bo’lib, ishlab chiqilgan barcha axborot texnologiyalari yo’nalishidagi mutaxassislik fanlar blokidagi Web dasturlash fanini o’qitishda zarur uslubiy testlar ta'minoti va didaktik vosita vazifasini bajaradi hamda o’tilayotgan mavzuning mazmun-mohiyatini to’liq ochib berish va o'zlashtirish natijalarini tahlil qilishga hizmat qiladi.

Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovalardan tashkil topgan.





Kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslanilib, bugungi kunda ta'lim sohasida Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida mulohazalar beriladi. Bitiruv ishining qismlari qisqacha tavsiflanadi.

  1. bobda darajali testlar majmualarini yaratuvchi tizimlar tahlili, darajali testlar va ularni yaratish bo'yicha mavjud manbalar tahlili, testlar majmualarini ishlab chiqish samaradorligi va o'quv jarayonini tashkil etishdagi o'rni hamda masalaning o'rganilganlik darajasi va uning qo'yilishi, shuningdek fanni o’qitishdagi konseptual yondashuvlar bayon etiladi.

  2. bobda iSpring QuizMaker dasturi va uni o'rnatish talablari, xis qilinuvchi darajali testlar ishlab chiqish bo'yicha dasturning imkoniyatlari, iSpring QuizMaker dasturi va uni o'rnatish talablari, testlar majmualarini ishlab chiqishdagi samaralarini baholash, Web dasturlash fani bo'yicha me'yoriy xujjatlar va ularni asoslarini shakllantirish hamda dars mashg’ulotlarini tashkil etishning zamonaviy shakl va metodlari o’rganiladi.

3-bobda esa, iSpring QuizMaker dasturida Web dasturlash fanidan multimedia vositali darajali testlar majmuasini ishlab chiqish, Web dasturlash fanidan mavzular kesimida testlar kompleksini ishlab chiqish, iSpring QuizMaker dasturida Web dasturlash fanidan multimedia vositali darajali testlar majmuasini yaratish texnologiyasi, o'quv mashg'ulotlarida yaratilgan dasturiy mahsulotdan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma ishlab chiqish, o'quv mashg'ulotlarida dasturiy mahsulotdan foydalanish va uning samaradorligini baholash kabi vazifalar amalga oshiriladi.

Namunali tarzda dars mashg’ulotini o’tkazish maqsadida elektron didaktik materiallar sifatida test topshiriqlari kompleksi yaratiladi. Elektron qo’llanmani yaratish texnologiyasi va undan foydalanish bo’yicha yo’riqnomalar ishlab chiqiladi. Muammoli o’qitish texnologiyalarini qo’llashning talabalarni ijodiy fikrlashlariga bo’lgan ta'siri tahlil etiladi va bayon qilinadi.

4-bobda ta'lim beruvchilar uchun mehnat sharoitini tahlil etish va havfsiz hamda sog’lom mehnat sharoitini yaratish choralari o’rganiladi. Har bir bob ushun alohida hulosalar taqdim etiladi va umumiy bajarilgan ish bo’yich yakuniy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Shunday qilib, samarali o’tkazilgan dars mashg’uloti hamda mashg'ulotda talabalar bilimini aniqlash uchun foydalaniladigan testlar kompleksi orqali axborot texnologiyalarini o’rgatishda nazariy bilimlarni mustahkamlanishiga va o’quvchida kerakli malakalarni hosil bo’lishiga olib keladi. Fan o’qituvchisi esa turli xil shakldagi dars mashg’ulotlarni o’tkazishning samarali uslublarini izlab topishga, iloji boricha ilg’or va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish choralarini ishlab chiqishga va o’quv jarayoniga qo’llashga mas'uldir. Zero, shundagina biz o’z fanimizga o’quvchini jalb eta olgan bo’lamiz.



  1. bob. Darajali testlar majmualarini yaratuvchi tizimlar tahlili

    1. Darajali testlar va ularni yaratish bo'yicha mavjud manbalar tahlili

XXI asr fan texnika, ta'lim, medisina, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda katta o'zgarishlar olib kirdi. Haetimizni barcha sohalariga axborot texnologiyalarini joriy qilinishi, fan texnika sohasidagi yangiliklarni sekund sayiin yaratilishi, duneda axborotlarni chegara bilmay qolganligi insoniyat ongini yana bir daraja ko'tarilib rivojlanishiga sabab bo'lmoqda.

E'tibor bersak, axborot asri deb atalmish ushbu asrda tug'ilaetgan farzandlarimiz aql-idrok jihatdan ustunroq ekanligini ko'rishimiz mumkin. Bunday eshlarga shiddat bilan rivojlanib boraetgan jamiyatda ta'lim-tarbiya berish, ularni mustaqil fikrlaydigan, o'z fikrini mustaqil ayta oladigan qilib tarbiyalash, ularni shaxsini rivojlantirish uchun ta'lim sohasida ham o'zgarishlarni talab qilmoqda. An'anaviy o'qitishdan zamonaviy o'qitish, ya'ni yangi pedagogik texnologiyalar, o'qitishning yangi axborot texnologiyalari asosida o'qitishga o'tish zamon talabidir. O'quv jaraenini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish natijasida ta'lim maqsadlari belgilanadi eki loiyhalanadi, kutilaetgan natija-ijobiy sifat o'zgarishi kafolatlanadi, o'quv jaraening takrorlanuvchi sikli yaratiladi.

Didaktlarni fikri va amalietning ko'rsatishicha, o'quv maqsadlarining, erishiladigan natijasi aniq va osonroq ifodalaydigan shakllardan biri-test topshiriqlaridir.

Insonlar o'ratasidagi psixologik farqlarni aniqlash 19 asr psixologiyasiga oid bo'lib, uni birinchilar qatorida F.Galton ishlatishga harakat qilgan. U “kvalimetriya», ya'ni o'lchash degan tushunchani fanga kiritdi. Pedagogikada test asosida o'lchashni o'rganuvchi fan testologiya deb ataladi. 1864 yili binrinchi marta pedagogik test DJ.Rays tomonidan orfografiya uchun ishlab chiqildi. T.Stoun tomonidan arifmetika fani uchun test ishlab chiqildi.. 1902 yili E.Torondayk pedagogik testlarning nazariy asoslarini ishlab chiqadi.

1961 yili A^SHda 2000 dan ortiq standart testlar ishlab chiqildi. Jahon test kompaniyasi tashkil topdi (Educational Testing Service)

  1. yili Rossiyada “Maktab ishlari metodikasi” institutida test komissiyasi tashkil etildi.

  2. yili birinchi standar testlar yaratildi.

1936 yili "test" metodi burjuaziya elementi sifatida qayta-qayta, undan voz kechilgan. V 60- yillarda Rossiya pedagoglari yana testlarga murojat etishni boshladilar.

20 asrning boshida Amerikalik olim V.A.Makkoll psixologik va pedagogik testlarni ajratadi. 1915-1930 yillarda Amerikada testologiya fani juda tez taraqqiy etadi va maktabdagi barcha fanlardan milliy testlar ishlab chiqiladi.

Xususan davlatimizda 1992 yilda testlar ikki variantli (A, V) bo'lib, ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo, xorijiy tillar bo'yicha 50 tadan savollardan tashkil topgan. Abiturientlar ta'lim yo'nalishiga qarab 3 tadan fanni tanlaganlar.

  1. yilda 46 ta oliy ta'lim muassasalarining 9 tasida tajriba tariqasida test sinovlari o'tkazildi.

  2. yil 14 maydagi 258-sonli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to'g'risida” gi qarori bilan Oliy o'quv yurtlarining kunduzgi bo'limlariga abiturientlar tanlash bo'yicha Respublika markazi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi. Davlat test markazi zimmasiga oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida test sinovlarini tashkil etish va o'tkazish yuklatildi.



1993-1994 yillarda testlar ikki variantli (A, V) bo'lib, kunduzgi va kechki bo'limlar uchun ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, xorijiy tillar bo'yicha 48 tadan savollar, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo bo'yicha 72 ta savollardan tashkil topgan.

  1. yilda testlar 3 variantli (A, V, S) bo'lib, ona tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya, istoriya, geografiya, xorijiy tillar, o'zbek tili, rus tili bo'yicha 36 tadan savollardan tashkil topgan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 14 maydagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to'g'risida” gi 258-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi 293- sonli «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida»gi qarori asosida hamda 1996 yilda oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari qabuli jarayonidagi test sinovlarida test topshiriqlari variantlarini yo'nalishlari, mutaxassisliklar va ta'lim tillari bo'yicha kompyuter yordamida generatsiyalash (tuzish)ga asoslanuvchi yangi, ko'pvariantli test tizimi yaratildi va qo'llanildi. Ushbu test tizimidan hozirgi kunda ham foydalanilmoqda.

  1. yilda 80 ta har bir tipdagi savollar kitobi uchun 30 tadan variant joriy etildi.

  2. yilda har bir abiturient uchun individual variantli test tizimiga o'tish amalga oshirildi.





    1. T estlar majmualarini ishlab chiqish samaradorligi va o' quv jarayonini tashkil

etishdagi o'rni

Uzluksiz ta’lim tizimida elektron axborot ta’lim resurslarini (EATR) yaratish hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dasturiy ta’minotlar tahlilini bayon etishdan oldin, EAT resurslariga nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik.

EAT resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik ko‘rsatmalar, multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga o‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi[Fanning o‘quv-metodik majmuasi/ O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2009-yil].

uqorida keltirilgan resurslarga qo‘shimcha sifatida pedagogik dasturiy vositalar, video va audio ma’ruzalar, virtual laboratoriya stendlari, intreaktiv plakatlarni kiritish mumkin.

EAT resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi [http://www.ispringsolutions.com]. Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega [http://www.ispringsolutions.com]. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi.

iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:

  • taqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;

  • taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;

  • taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;

  • video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;

  • elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);

  • masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;

  • taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;

  • videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;

  • YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.







Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin