Namangan muhandislik texnologiya instituti muhandislik texnologiya fakulteti fizika kafedrasi



Yüklə 13,76 Mb.
səhifə12/16
tarix13.12.2023
ölçüsü13,76 Mb.
#176222
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Namangan muhandislik texnologiya instituti muhandislik texnologi

11.Mehnat muhofazasi


Hozirgi vaqtda inson-tabiiy, tеxnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-xatar dunyosida ishlaydi. Shu xavf-xatarlar natijasida juda ko’p insonlar hayotdan ko’z yumadilar (Armanistodagi zilzila, Chеrnobil AES halokati, Jigaristondagi еr siljishi, Admiral Naximov paroxodining cho’kishi, Sеrdlovskiyda Chеlyabinsk-Ufa tеmir yo’l uchastkasida portlash va h.k.). Shuning natijasida 3000 dan ortiq odam halok bo’ldi. 20000 odam nogiron bo’ldi va 200000 odam kasallandi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 42-sеssiyasida 1991 yildan boshlab tabiiy ofat va falokatlarni kamaytirish bеxatarlik yillari, dеb bеlgilangan edi.
Hayotiy faoliyat xafvsizligi tushunchasida ko’p uchraydigan ta'riflar bilan bеlgilanadi.
Faoliyat-insonning jamiyatda mavjud bo’lishi uchun kеrakli sharoit. Mеhnat-faoliyatning yuqori shakli. Faylasuflarning fikricha, inosnning ta'rifi-harakatdagi, mеhnatdagi faoliyatidadir.
Mеhnat va faoliyat shakllari turlicha bo’lib, ular hayotda uchraydigan aqliy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Xavflar-yashirin (potensial) va haqiqiy bo’ladi. Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo’lishi lozim. Bu shartlar sabab dеb ataladi. Xavf va sabalarni misollar (raqamlarda) ko’rish mumkin:
So’nggi 30 yil ichida (69-1990 y.) tabiiy ofat ikki marta ko’paygan;
1909 yildan 1974 yilgacha asabiy kasalliklar 24 marta ko’paygan;
Dunyoda 500 mln. ga yaqin nogironlar bo’lib, ularning 1/5 qismi baxtsiz hodisa natijasida bo’lgan.
Har qanday faoliyat yashirin (potensial) xavflidir. Shu bilan birga xavf darajasini boshqarish ham mumkin. Buf ikr mutlaqo xavfsiz faoliyat bo’lmasligiga asoslangan.
Xavfsizlik – bu ayrim ehtimollarga asoslanib paydo bo’ladigan xavf-xatarlarni istisno etilgan faoliyat holatidir.
Xavfsizlik – bu maqsad, HFX bo’lsa shu maqsadga erishish uchun qo’llanadigan vositalar, yo’l-yo’riq, qo’llanmalar usullardir.
HFX – bu xavf-xatarlarni o’rganish va insonni himoya qilishni o’rganadigan fandir.
Xavfsizlikning umumiy nazariyasining tuzilishida tamoyil (printsip)lar va usullar ko’rilayotgan bilim sohasida aloqador to’g’rsida to’la tasavvur qilishga mеtodologik ahamiyatga ega.
Asos (nеgiz, printsip)-bu fikr, g’oya, maqsad (asosiy holatdir).
Usul-bu eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo’li.
Xavfsizlikni ta'minlash choralari – bu usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.
Asoslar, usullar, choralar – bu xavfsizlikni ta'min etishdagi mantiqiy pog’onalardir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mеzonlarga bog’liq.
Ma'lumki, har bir mustaqil davlat o'zining mudofaa qudratiga ega. Mudofaa siyosatini qay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari o'sha dav-latning qudratini belgilaydi. Chunki har bir davlat moddiy boyliklarim, texnikalarini, harbiy ahamiyatga molik bo'lgan inshootlarini, xalqini himoya qilishda, saqlashda yangi turdagi omillarni yaratadi va ishlab chiqaradi. Shu tariqa davlatlar ichida yangi-yangi qurollar yaratiladiki, bular nafaqat insoniyatga, balki butun jonli tabiatga, atrof-muhitga juda katta ziyon yetkazadi. 1990-yilgacha biz dunyoni ikki tizimga (kapitalis-tik va sotsialistik) bo'lib kelgan edik va har ikkalasida ham umumiy qirg'in qurollari yaratilganligini yaxshi bilamiz. Bunday qurollarni ba'zi birlari aynm davlatlar tomonidan sinab ko'rildi ham va hozirgi kunga-cha ulaming asoratlari to'g'risida eshitib kelyapmiz. Masalan, 1945-yilda Yaponiyaning Nagasaki va Xerosima shaharlariga AQSHning yadro quroli tashlandi. Keyinchalik Koreyaga, Vyetnamga turli xildagi napalmlar (dirildoq holdagi yondiruvchi modda), oskolkali (parchali), yondiruvchan bombalar tashlandi.
Yuqoridagi qurollar yer yuzida mavjud ekan, albatta, har bir davlat bunday qurollardan saqlanish vositalarini izlaydi, omillarini ishlab chi-qadi. Shuning uchun har bir davlatning mudofaa qudrati asosini fuqaro­lar muhofazasi tashkil etadi.
Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat mudofaa siyosatlaridan bin bo'lib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot tar­moqlarini muhofaza qilishda, ulaming muttasil, ishlashini ta'minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Albatta, fuqarolar mudofaasi oldiga qo'yilgan yuqoridagi ishlar 1945-yildan to 1990-yillargacha yetib keldi, lekin shu davrgacha yuqo­ridagi ishlarm bajarish uchun ehtiyojlar boimadi. Afsuski, bu davrlarda (tinchlik davrlarida) tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari, turli xil halokatlar yuz beradiki, xalqimiz, iqtisodiyotimiz bundan jiddiy zararla-nadi. Bunday holatlarda biz bir-birimizga yordam berishga tayyor emas edik. Mustaqillik davridagina favqulodda holatlarda fuqarolar muhofa­zasi tomonidan yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi. Jumladan, mustaqil-ligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va hududlarni tabiiy ofatlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolaming mo'tadil hayot faoliyatini ta'minlash borasidagi vazifalami hal etish uchun O'zbekiston hukumati tomonidan 1991-yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirildi. Yangidan tashkil etilgan ushbu tizim O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sifatida tinchlik davrlardagi tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish falokatlari va halokatlaming oldini olish va ulaming oqibatlanni tugatish vazifalarmi bajaradi. Mam-lakat fuqarolar muhofazasini rivojlantirishmng asosiy konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994-yil 9-ap-relda Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Respublika faollarining Kenga-shida so'zlagan nutqida bayon etilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi farmoniga binoan aholini va iqtisodiyot tarmoqlaring, inshootlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning sama-rali tizimini tashkil etish, Respublikada tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatiarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsa-dida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligimng Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida O'zbekiston Respublika­si favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tashkil qilindi.
FVV ning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishi asosan: favqulod­da vaziyatiarni bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ulaming oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hol-larda harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta'minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazir-liklar, idoralar, mahalhy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hokazolarga qaratilgan.
FVV ning muvaffaqiyatli ish olib borishida mamlakatimizda yaratil-gan kuchli huquqiy bazaning ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda vaziyatlai" masalasida O'zbekiston Respublikasining «Aholi va hudud-larni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida» (1999-y.), «Fuqaro muhofazasi to'g'risida» (2000-y.), «Gidrotexmk inshootlarining xavfsizligi to'g'risida» (1999-y.), «Radiat-siyaviy xavfsizlik to'g'risida» (2000-y.), «Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida»gi (2000-y.) Qonunlari, Respublika Prezidentining ikkita Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 30 dan ortiq qaror va farmoyishlarini aytish mumkin. Qabul qilingan me'yoriy hujjatlarda Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Italiya va boshqa yetakchi davlatlarning fuqaro muhofazasi tizimini shakllantirish borasidagi tajribalari inobatga olingan.
O'zbekiston fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza etish-ning qonun bilan belgilangan asosiy tamoyillari: insonparvarlik, inson hayoti va sog'lig'ining ustuvorligi, axborotning o'z vaqtida berilishi va ishonchliligi, favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilish choralarining ko'rilishidir.
Respublika FVDT O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 11-dekabrdagi Farmoniga asosan Bosh vazir tomonidan boshqariladi. Hozirgi kunda FVDT ning Respublika, mahalliy va obyekt bosqichidan iborat 14 ta hududiy va 40 dan ortiq funksional quyi tizimdan iborat bo'lgan favqulodda vaziyatiarni oldini olish va ularda harakat qilish dav­lat tizimi o'z faoliyatini ko'rsatmoqda. Bu tizimning yagona konsep-siyani belgilash, bashoratlash, tahliliy ishlar, turli dasturlar yaratish va ulami amalga oshirish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining doimiy tayyorgarligini ta'minlash, falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlami bartaraf qilish hamda xalqaro hamkorhk borasida ohb borilayotgan ishlar o'zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Bu tizimni yanada rivojlantirish va mustahkamlashda hukumatimiz tomonidan fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlashni tashkil etish, FV larni tasniflash, avariya-qutqaruv tizimla-rini kengaytirish, vazifalarini takomillashtirish va ulami zamonaviy jihozlar bilan ta'minlash, suv osti xizmatini yaratish kabi tadbirlar borasida katta yordam ko'rsatmoqda.
Hozirgi kunga kelib FVDT tarkibida «Najotkor» Respublika qidi-ruv-qutqaruv markazi, «Xaloskor» maxsus harbiylashtirilgan qidiruv-qutqaruv qismi, «Qutqaruvchi», «Qamchiq», «Olmazor» qismlari tashkil etilib, ular tomonidan 10 mingdan ortiq marotaba turli favqulodda vazi-yatlarda aholiga yordam berildi. Jumladan, Tojikiston Respublikasining Qayroqqum bekatida sodir bo'lgan temir yo'l halokati, 1998-yilda Sho-himardonda sodir bo'lgan sel ofati, 1999-yilda Turkiyada r'oy bergan Izmir zilzilasi, 1999-yilda Qamchiq dovonida yuzaga kelgan qor ko'chi-shi, 2001-yilda yuz bergan Toshkent viloyati Qodiriya bekatidagi temir yo'l halokati, 2003-yilda Qirg'izistondagi yer surilishi va boshqalami misol tariqasida keltirish mumkin. Bu yo'nalishdagi ishlar saviyasini yanada oshirish maqsadida respublikaning ko'pgina shaharlarida, jumladan: Toshkent, Samarqand, Andijon, Jizzax, Chirchiq, Angren va boshqa joylarda maxsus «Qutqaruv xizmati» tizimlari tuzilgan va ular-ning zimmasiga har qanday ekstremal vaziyatlarda aholming hayotiga, salomatligiga xavf soluvchi holatlarda yordam berish vazifasi yuklatilgan. Qutqaruv xizmati tizimlarining o'z telefon raqamlari mayjud (masalan, Toshkent shahrida 050; Samarqand shahrida 911 va hokazo), ular tunu-kun o'z vazifalarini bajaradilar.
Shunday qilib, fuqarolar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyat­larda fuqarolarni, moddiy resurslarni muhofaza qilish, fuqarolami qan­day xatti-harakat qilishi, ularga qanday chora-tadbirlar bilan yordam berishi, shikastlangan hududlarda qutqaruv va tiklov ishlanni olib bo-rish, ishlab chiqarish tarmoqlarini muttasil ishlashini ta'minlash vazifa­larini bajaradi. Zero, yer yuzida umumiy qirg'in qurollari, hujumkor qurollarning zamonaviy turlari mayjud ekan, shu bilan birga tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bo'lishligi muqarrar bo'l-ganligidan har bir davlatda va uning har bir hududida va bo'g'inida fuqarolar muhofazasi davlat tizimi tashkil etiladi va uning vazifalari aniq belgilanadi.

Yüklə 13,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin