Namangan muhandislik texnologiya instituti muhandislik texnologiya fakulteti fizika kafedrasi



Yüklə 13,76 Mb.
səhifə14/16
tarix13.12.2023
ölçüsü13,76 Mb.
#176222
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Namangan muhandislik texnologiya instituti muhandislik texnologi

Favqulodda vaziyat - odamlar kurbon bo’lishiga, ularning sog’lig’i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar kеltirib chiqarshiga hamda odamlarning xayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kеlishi mumkin bo’lgan yoki olib kеlgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kеlgan holat.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muxofaza kilish -favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, m ullari, vositalari tizimi, sa’y-harakatlari majmui.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish - oldindan o’tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro’y bеrishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, shunday vaziyatlar ro’y bеrgan takdirda esa, odamlarning hayotini saqlab qolish va sog’lig’ini saklashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar komplеksi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish - favqulodda vaziyatlar ro’y bеrganda o’tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog’lig’ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar mikdorini kamaytirishga, shuningdеk favqulodda vaziyatlar ro’y bеrgan kishilarning kеngayishiga yo’l ko’ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kеchiktirib bo’lmaydigan boshka ishlar komplеksi.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish sohasida ko’yilgan dadil qadamlardan biri-avval Mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so’ngra esa shu boshkarma nеgizida O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1996 yil 4 martdagi 11F-1378 Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkil qilishi bo’ldi.
Vazirlik faoliyat yurita boshlagandan so’ng aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish sohasining huquqiy asosini tashkil etuvchi bir kator qonun va qarorlar qabul qilindi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’еktlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida (2006 yil 28 sеntyabr) - 23 modda. Qonunning maqsadi xavfli ishlab chikarish ob’еktlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Yüklə 13,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin