Namangan muhandislik texnologiya instituti muhandislik texnologiya fakulteti fizika kafedrasi



Yüklə 13,76 Mb.
səhifə9/16
tarix13.12.2023
ölçüsü13,76 Mb.
#176222
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Namangan muhandislik texnologiya instituti muhandislik texnologi

7.Asosiy modellar


ABS ning ishlashini so’zlar bilan ham tavsiflash mumkin. So’zlitavsifsistemaning ishlash printsipini uning nimaga mo’ljallanganligini, faoliyatining xususuyatalarini va h.larni tushunishga yordam beradi. Ammo, eng asosiysi shundaki, u boshqarish sifatini miqdoriy baholashga imkon bermaydi, shuning uchun sistemalarning xarakteristikalarini o’rganishga va ABS larni yaratishga yaroqsiz. Uning o’rniga avtomatik boshqarish nazariyasida sistemalarning xossalarini tavsiflashning ancha aniq ushbu matematik metodlaridan foydalaniladi:



Bu modellardan ixtiyoriysi X kirish ta’siri, F g’alayon va Y chiqish ta’sirlariga ega bo’lgan bo’g’in ko’rinishida ko’rsatilishi mumkin (1.13-rasm). Kirish ta’sirida chiqish kattaliklari o’zgarishlari mumkin.

8.ABSlardagijarayonlarnio’rganishusuli.


Boshqarishjarayonlarinio’rganishdaushbuyondashuvqabulqilingan: ABSlarininghammaturlariniozmiqdordagistandartelementlar – dinamikbo’g’inlarningharxilkombinatsiyasisifatidaqarashmumkin.
Ixtiyoriy element o’zining kirish va chiqish orasidagi bog’lanish (aloqa) bilan xarakterlanadi. Bu bog’lanish elementdagi fizik jarayonlarni kirish va chiqish signallari o’zgarmas kattalik bo’lgandagi statik rejimda ham, kirish va chiqish signallari vaqtga bog’liq biror funktsiya bo’lgandagi dinamik rejimda ham aniqlaydi.
Statik rejimda kirish va chiqish kattaliklari orasidagi o’zaro aloqani elementning statik xossalari aniqlaydi, bu xossalarni ifodalovchi tenglamalarni statika tenglamalari (yoki statik xarakteristikalar) deyiladi. Dinamik rejimda kirish va chiqish kattaliklari orasidagi o’zaro aloqani elementning dinamik xossalari aniqlaydi va bu xossalar dinamika tenglamari (yoki dinamik xarakteristikalar) bilan ifodalanadi.
Dinamik va statik xarakteristikalarni farqlash lozim, negaki ular turli koordinatalarda chiziladi va sistemaning turli xossalarini tavsiflaydi. Turli kirish ta’sirlaridagi dinamik xarakteristikalar to’plamidan statik xarakteristikani aniqlash mumkin, ammo statik xarakteristika bo’yicha dinamik xarakteristikani aniqlash mumkin emas.

Yüklə 13,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin