Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratishzaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z-o`zinifaollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.Demokratik, tenglik,ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda vaerishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishgae’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Muammoli ta’lim.Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid,vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliyishlar. O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, muloqothamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. O’qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik,ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari. Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskarialoqaga asoslangan bevosita o`zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari:kuzatish, blits-so`rov, oraliqva joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o`qitishdiagnostikasi