Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi va ishlab chiqarishdagi o`rni Elektr energiyasining avtomatik nazorati va hisobi fani ixtisoslik fani xisoblanib talabalarga 7-8 semestrlarda o`qitiladi. Ushbu fan o`quv rejadagi elektr stansiya va tarmoqlarni ishlatish,stansiya va podstansiyalarning elektr qismi, issiqlik va massa almashuv jarayonlari, bug’-gaz qurilmalar, kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. O`quv jarayoni bilan bog`liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar qo`yidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o`ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo`yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishgajalb qilish.“Issiqlik ta’minoti va tizimlari” fanini o‘tishda qo‘yidagi asosiykonseptual yondoshuvlardan foydalaniladi: Shaxsga yo`naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi. Tizimli yondoshuv.Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarinio`zida mujassam etmog`i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barchabo`g`inlarini o`zaro bog`langanligi, yaxlitligi.