Namangan muhandislik-texnologiya instituti «tasdiqlayman»


Nazorat turlari va baholash mezonlari



Yüklə 206,5 Kb.
səhifə7/8
tarix10.10.2022
ölçüsü206,5 Kb.
#64784
1   2   3   4   5   6   7   8
ИССИКЛИК ТАМ ва ТИЗ ишчи дастур

Nazorat turlari va baholash mezonlari


1. Nazorat turlari

1) Issiqlik ta’minoti va tizimlari fanidan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o`tkazish orqali amalga oshiriladi.


2) Oraliq nazorat semestr davomida Issiqlik ta’minoti va tizimlari fanining 50 foizi tugagandan keyin talabalarning bilim va amaliy ko`nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg`ulotlari davomida yozma shaklda ajratilgan soatlardan kelib chiqib, Energetika kafedrasi tomonidan belgilangan tartibda fan professor-o`qituvchisi tomonidan o`tkaziladi.
3) Issiqlik ta’minoti va tizimlari fanidan talabaning amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi 5 baholik mezon asosida baholab boriladi.Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
4) Issiqlik ta’minoti va tizimlari fanidan yakuniy nazorat semestr yakunida fan bo`yicha tegishli mavzular to`liq tugagandan keyin talabaning o`zlashtirish darajasini aniqlash uchun test shaklda o`tkaziladi.
2. Talabalar bilimini baholash mezonlari

1) Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:


Issiqlik ta’minoti va tizimlari fanidan talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qila olsa, ijodiy fikrlay olsa, mustaqil mushohada yuritsa, olgan bilimini amalda qo`llay olsa, fanning (mavzuning) mohiyatini tushuna olsa, berilgan barcha savollarga atroflicha javob bersa hamda fan (mavzu) bo`yicha tasavvurga ega deb topilsa - 5 (a’lo) baho;
Ushbu fandan talaba mustaqil mushohada yuritib, olgan bilimini amalda qo‘llay olib, fanning (mavzuning) mohiyatni tushuna olib, aytib bersa hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilsa- 4 (yaxshi) baho;
Ushbu fandan talaba olgan bilimini amalda qo`llay olsa, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunsa, ifodalay olsa, aytib bersa hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilsa - 3 (qoniqarli) baho;
Ushbu fandan talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaganda hamda fan (mavzu) bo’yicha tassavurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
2) Issiqlik ta’minoti va tizimlari tizimlari fanidan nazorat turlarini o`tkazish bo’yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis (obektiv) va aniq baholash imkoniyatini beradi. (Nazorat turlarini o`tkazish bo’yicha tuzilgan topshiriqlar Energetika kafedasi yig`ilishida muhokamadan o`tkazilgan va ma’qullangan.)



Yüklə 206,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin