Namangan viloyati turan xalqaro universiteti



Yüklə 62,06 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü62,06 Kb.
#206135
növüReferat
1   2   3
word1

Tabiat



Siz iqlimni o‘zgartirishni, go‘zal tabiatdan, uning noyob nabotot va hayvonot olamidan bahramand bo‘lib, zilol ko‘llar va shovqinli daryolar sohilida quyosh nuridan zavqlanib, sayyoramizning eng yuqori nuqtasiga chiqishni xohlaysizmi? Endi buning imkoni bor. O‘zbekistonga keling! Ushbu qadimiy mamlakatning betakror tabiati siz uchun tabiiy va go‘zal ranglarining butun majmuini ochib beradi.
O‘zbekiston dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmasada, biroq dunyodagi eng go‘zal ko‘llari, tabiiy va sun'iy suv havzalari va butun Markaziy Osiyoni qamrab olgan yirik daryolarining anchayin mavjudligi bilan jozibalidir.

O‘zbekiston hududining katta qismini past tekisliklar egallagan. Eng kattalaridan biri – bu Turon past tekisligidir. Ikki katta Qizilqum va Qoraqum cho‘llari butun mamlakat bo‘ylab bir necha yuz kilometrga Tyan-Shan etagigacha cho‘zilgan. Cho‘l ayniqsa bahorda go‘zal. Kuchli shamollar qumli barxanlarni saksovul novdalari uzra haydab, bahorda cho‘lni betakror go‘zalikka burkaydi.
Ko‘plab boyliklarni o‘zida mujassam etgan ulug‘vor O‘zbekiston tog‘lari, har yili baland tog‘ cho‘qqilarini zabt etadigan yuzlab sayyohlarni va ekstremal insonlarni o‘ziga jalb etadi. Chiroyli sharsharalar, ko‘p mingli tepaliklar, chang‘i uchish yo‘llari, tog‘oldi yaylovlar, qo‘riqxonalar va o‘rmon zonalari, kanyonlar va tog‘ ko‘llari, g‘orlar hamda qadimiy tsivilizatsiyalarning to‘xtab turish joylari – bu mamlakatimizning go‘zal tog‘li hududlari maqtanishi mumkin bo‘lgan narsalarning to‘liq ro‘yxati emas.
Kontinental iqlim pirovardida bu yerda hamma narsa tabiat bilan hamohang. O‘zbekistonda qish yumshoq, bahor serquyosh va seryomg‘ir, yozi issiq va quruq, kuz esa nihoyatda go‘zaldir. Bu eng serhosil mavsum. Tabiat qish mavsumda kuch to‘plab bahorda qayta uyg‘onish uchun aynan kuzda barcha ne’matlarini taqdim qiladi.
Mo‘tabar o‘lkamizning sayyohlik imkoniyatlari juda xilma-xil va boy: Ugam-Chotqol milliy bog‘i, Amudaryo deltasidagi to‘qay o‘rmonlar, yaqinda sayyohlar uchun ochilgan sayyoramizda hayotning paydo bo‘lishidan dalolat beruvchi Kitob qo‘riqxonasi, Orol dengizi yaqinidagi “ekologik ofat” mintaqasi, dashtlar va Qizilqum cho‘llari, Nurota tog‘lari va Jizzax viloyatidagi Aydarko‘l ko‘li va tabiatimizning ko‘plab boshqa ajoyibotlari. Shu sababli ishlaringizni tugatib mo‘tabar O‘zbekistonga safaringizni rejalashtiring, mamnun qolishingizga ishonchimiz komil!
O‘zbekiston tabiatining so‘limligi, geografik jihatdan qulay joylashgani, hayvonot dunyosining xilma-xilligi bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turadi. Vatanimiz hududidan Osiyoning asosiy daryolaridan bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo oqib o‘tadi. Yurtimiz shimolida esa Tyan-shan va Pomir-Oloy tog‘lari yastanib yotibdi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda jahonning eng yirik cho‘llaridan biri bo‘lgan Qizilqum cho‘li hamda Orol dengizi mavjud.
Yurtimizni qushlarning sevimli maskani deyish ham mumkin. Chunki vatanimizda yashaydigan 688 turdagi hayvonlarning 441 tasi qushlardir. Ammo odamlarning tabiat muhofazasiga beparvolik qilgani, o‘simliklarni payhon qilib, hayvonlarni ovlagani tufayli oxirgi 100 yil ichida yurtimizdagi noyob jonzotlar keskin kamayib ketdi. Ayniqsa, turon yo‘lbarsi, gepard, qulon, orol sulaymonbalig‘i kabi jonivorlar butunlay yo‘q bo‘lib ketgani judayam achinarli.
Yana shunday hayvonlar borki, agar biz ularni asramasak, yaqinda yo‘qolib ketishi mumkin.
Jamiyat (lotincha: socium — „umumiy“) — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui hisoblanadi. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular Jamiyatdagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. Jamiyat hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu jamiyat taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha jamiyat dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati Jamiyatdagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyathayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang Maʼnaviyat).
Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning, ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. Oʻzbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy jamiyat barpo etilmoqda.Abdulhay Valiyev. OʻzME. Birinchi jild.
Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir.
Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaqa boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi.
Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular jamiyatdagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoiy guruhlarga ajralishining negizidir.

Jamiyat sohalari.


Jamiyat hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi.

  • Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi. Bu jamiyat taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir.

  • Ijtimoiy soha jamiyatdagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar).

  • Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati jamiyatdagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi).

  • Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu sohaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, jamiyat hayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang Maʼnaviyat).



Yüklə 62,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin