Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi. Mingbuloq tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 13-umumiy o’rta talim maktabi Huquqshunoslik va tarbiya fani o’qituvchisi Sobirov Tohirjonning V sinf Tarbiya fanidan tayyorlagan konspekti olgan bo`lsangiz s sana



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə25/48
tarix03.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#124328
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
5-SINF TARBIYA KANSPEKTI

E’TIROFDA MUNOSIB INSONLAR
Yozuvchi, Nobel mukofoti laureate Stiven Uilyam Xoking yoshlik davridayoq butunlay falaj bo’lib qolishiga qaramay, faol hayot kechirgan. U kompyuter ekranidagi kur sorni ya gona harakatlana digan yonoqdagi mushaklari bilan bosh qar gan va harflarni so’zlarga qo’shib yozgan. Ushbu so’zlarni maxsus qurilma ovozga aylan tirgan. Shu tarzda u boshqalar bilan muloqot qila olardi. Shunday qilib, u o’zining eng mashhur kitoblarini yozdi. 2007-yil-da u samolyotda vaznsizlikda parvoz qildi. Fanni rivoj lanti rishga qo’shgan hissasi uchun 30 dan ortiq medal va mukofotlar bilan taqdirlandi.
Erik Vayxenmayer – sayohatchi,ko’zi ojiz bo’lgan holda Everest cho’qqisiga chiqqan sportchi. 13 yoshida butunlay ko’rmay qoladi va faqat sportga bo’lgan ishtiyoqi uni tushkunlikka tushishiga imkon bermaydi. U ko’plab sport turlarini sinab ko’rdi va so‘nggi qarori – tog‘ga chiqishga ahdqildi. Ame rikalik bu sportchi dunyoning eng yuqori tog’ cho’qqilarini zabt etishga intildi va 2008- yilda buni amalga
oshirgan yagona ko’zi ojiz odam bo’ldi. Denali, Kilimanjaro, Akonkagua, Elbrus, Vinson cho’qqisi, Jaya va Everest Erik paypaslash orqali zabt etgan cho‘qqilardir. Bugungi kunda u insonlarni taslim bo’lmaslikka, sport bilan faol shug’ullanishga chorlamoqda.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Nega bu insonlar o’z imkoniyatlari cheklangan bo’lishiga qaramay, katta muvaffaqiyatlarga erishganlar?
2. Bunday insonlarga jamoat yordami kerakmi?
3. Bunday insonlar qanday qilib boshqalarga o’rnak bo’lishadi?
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.
Tasavvur qiling, siz sinfdoshingiz bilan maktabda ham, hayotda ham do‘st siz. Vaqtni maktabda birga o‘tkazasiz, shaxmat va musiqa to’garaklariga ham birga borasiz. Endi kaftingiz bilan bir ko’zingizni yoping. Do‘stingizga bo‘lgan tuyg‘ularingizda nima o‘zgardi? Sizga nisbatan ham unda nima o‘zgarganligini so‘rang. Keyin partadosh sherigingizdan kafti bilan bir ko‘zini yopishini so‘rang. Uning sizga bo‘lgan munosabati qanday o‘zgarganligini va sizning unga bo‘lgan munosabatingiz o‘zgargan-o‘zgarmaganini aytib bering.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin