Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi. Mingbuloq tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 13-umumiy o’rta talim maktabi Huquqshunoslik va tarbiya fani o’qituvchisi Sobirov Tohirjonning V sinf Tarbiya fanidan tayyorlagan konspekti olgan bo`lsangiz s sana



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə24/48
tarix03.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#124328
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
5-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

1O daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

1O daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun quyidagilarni o’rganami.
1.Nega ba’zi insonlar bir-biriga o’xshaydi, ba’zilari esa o’xshamaydi?
2. Barcha insonlar o‘z maqsadlariga erishishlari mumkinmi?
3. Imkoniyati cheklangan insonlarga qanday muomala qilish kerak?
Diqqat bilan o‘qing
Sayyoramizda 7,7 milliarddan ortiq odam yashaydi. Hamma odamlar bir-biridan millati, yashash joyi, terisining rangi, muloqot tili, madaniyati, xa rak teri, sevimli mashg‘ulotlari va qizi qishlari bilan farq qiladi. Biroq faqat shular bilangina farqlanishmaydi, ba’zi bir muayyan imkoniyatlari cheklangan odamlar ham mavjud bo‘lib, ulardan ba’zilarining ko’rinishi farq qilishi, eshitish, ko’rish qobiliyati, harakati cheklangan bo’lishi mumkin. Lekin ular hamma narsani tushunadilar, o’ylaydilar, his qiladilar, do’st bo’lib, seva bilishadi. ularning ham orzu va maqsadlari bor, o’qishni, o’ynashni va baxtli bo’lishni xohlaydilar. ular hamma insonlar kabi teng huquqqa egalar.
Bunday odamlarning sog’lig’i bo’yicha muammolari tug’ma yoki orttirilgan (yo’ltran sport hodisasi va yiqilish yoki kasallik natijasida) bo’lishi mumkin. Biz har xilmiz va bir xilmiz!
Dunyoda biror bir sababga ko’ra jismonan cheklovlarga ega, biroq hayotda katta yutuqlarga erishib, millionlab insonlarga namuna bo’lgan odamlar ko’p.
O‘ZBEKISTON PARALIMPIADACHILARI
Sport hayotimizda mu him rol o‘ynaydi. U nafaqat sog‘liqni, balki inson ruhini ham mustahkamlaydi.
Sport organizmni chiniq ti radi, irodali lik, tirishqoqlik va chi damlilikni oshiradi. Tirishqoqlik va iroda kuchi ning yorqin namunasi mamlakatimiz paralim piada chilaridir. Ularning orasida sportda erishgan yutuqlari bilan dunyoga tanilgan insonlar bor.
O’zbekiston Paralimpiya qo’mitasi sportchilari gim nastika, badiiy gimnastika, dzyudo, suzish, badminton, stol tennisi, yengil atletika va boshqa sport turlarida ishtirok etishmoqda. Ular qatorida Mansur Abdurashidov, Husniddin Norbekov, Farrux Mirzaqulov, Miran Saxatov, Aleksandr Svechnikov, Doniyor Soliyev, Muslima Odilova, Fotimaxon Alimo va kabi mamlakatimizning ko‘plab mard va jasur sportchilari bor.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin