Motivatsiya (ishtiyoq) – u yoki bu narsa bilan shug‘ullanish istagi. Oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizga erishish uchun har qanday qiyinchiliklardan va to‘siqlardan qo‘rqmasligingiz kerak. Bu yo‘lda uchragan to‘siqlar siz uchun qo‘yilgan imtihondir. Imtihondan esa eng kuchlilargina o‘ta oladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur12 yoshidan davlatni boshqara boshlagan. U bolaligidan barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, fqh ilmi, arab va fors tillarini o’rganadi, ko’plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, she’riyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini oladi.
Yozuvchi Chingiz Aytmatov5 yosh ligi dan tarjimonlik bilan shug‘ullan gan. Shu ning dek, u yoshligidan
badiiy adabiyotga ulkan mehr qo‘ygan, nasriy asarlar yaratish bilan astoydil shug‘ullangan. Uning nomini xalqaro miqyosda mashhur qilgan va jahon xalqlarining ko‘plab tillariga tarjima qilingan asar “Oq kema” qissasidir.
Aleksandr Griboyedov – yozuvchi va bastakor. U yoshligidan italyan, nemis, fransuz va ingliz tillarini yaxshi bilgan. 11 yoshida Moskva universitetining internat maktabiga o‘qishga kirgan va 6 yil ichida uchta fakultetni bitirgan.
Akademik Leo Landau 14 yoshida Boku universitetiga o‘qishga qabul qilinadi. 19 yoshida esa to‘rtta ilmiy kitob chop ettiradi. Fizikani hayotining bir qismiga aylantirgan yosh olim oradan hech qancha vaqt o‘tmay dunyoning nazariy fiziklarni o’ntaligiga kirgan.
Hikoya Bir yo’lovchi dengiz bo’yida ketayotsa, qum yuzasidan nimalarnidir olib, dengizga uloqtirayotgan bolaga ko‘zi tushibdi. Yaqinroq borib qarasa, bolakay qumdan dengiz yulduzlarini olayotga n ekan. Uning atrofdagi millionlab dengiz yulduzlari qirg’oqni butunlay qollab yotar, hattoki yer ko’rinmasdi.
– Bu dengiz yulduzlarini nega dengizga uloqtiryapsan? – deb so’rabdi yaqinroq kelib yo’lovchi.
- Agar ular qirg’oqda tonggacha qolsa, nobud bo’ladi, - deb o’z ishini to’xtatmay javob beribdi bolakay.
– Biroq bu telbalik-ku! – deb qichqiribdi yo‘lovchi. –
Atrofngga qara. Bu yerda millionlab dengiz yulduzlari bor-ku, hatto qirg’oqning qumi ham ko’rinmayapti. Sening harakating hech nimani o’zgartirmaydi. Bolakay keyingi dengiz yulduzini qo’liga olibdi, bir soniya o’yga cho’mibdi va uni dengizga uloqtirib, shunday javob beribdi:
- Yo’q, mening harakatlarim aynan qo’limdagi jonzot uchun ko’p narsani o’zgartiradi. Shunda yo‘lovchi ham dengiz yulduz la ridan birini olib, dengizga tashlay boshlabdi. Kechga borib, dengiz sohilida ko’plab odamlar paydo bo‘libdi, ularning har biri dengiz yulduzlarini olib, dengizga tashlar edi. Quyosh chiqqanida sohilda birorta ham qutqarilmagan dengiz yul duzi qol magandi.