TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini o`stirish. FK1:O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi:Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Bugun quyidagilarni o’rganami. 1. Tirishqoqlik bilan mehnat qilish nimani anglatadi?
2. G‘alaba va mag‘lubiyatlarning sabablarini qan day tahlil qilish kerak?
3. Qanday qilib tashabbus ko‘rsatish va maqsad ga erishish mumkin?
Diqqat bilan o‘qing Tirishqoqlik xislati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
hayotingizda muvaffaqiyatga erishishga imkon beradi;
maqsad sari intilishda diqqat-e’tiboringizni jam lashga yordam beradi;
o‘z kuchingizga bo‘lgan ishonchni jismonan va ma’nan namoyon etadi;
to‘siqlarni yengib o‘tishga o‘rgatadi;
aksariyat muammolarni yechish va maqsa din gizga erishishingizda ko‘maklashadi;
to‘siqlarni yengib o‘tishda kuch bag‘ishlaydi.
BIR KOMPANIYA TARIXIDAN Kollejda tahsil oladigan uch do‘st kunlarning birida ajoyib g‘oyani o‘ylab topishdi. Ular sayohatchi lar uchun ijaraga o‘z xonadonla ridan joy, havo to‘ldirilgan to‘shaklar hamda nonushta taklif etishga qaror qilishdi.
Bu haqiqatan ham ajoyib va o‘ziga xos g‘oya bo‘lib, u haqda hali hech kim o’ylamagan edi. Uch do’st o’z g’oyalarining muvaffaqiyatiga qat’iy ishonardilar.
Biroq ishni yo‘lga qo‘yish uchun mablag‘lari yo‘q edi. Buning uchun ular ko‘plab sarmo yadorlarga murojaat qilishar va har safar rad javobini olishardi.
Shunday bo’lsa-da, ular tushkunlikka tushmay o’z muvaffaqi yat lariga ishonishdi. Mablag‘ yig‘ish maqsadida prezident say lovi bo‘la yotgan vaqtda, jo‘xoridan tayyorlangan shirinliklarni prezidentlikka nomzodlar surati tushirilgan maxsus qutichalarda sotishni ham yo‘lga qo‘yishdi. Uni sotib olgan odamlar ushbu suratlarni o‘z jamlanmalarida to‘plashlari mumkin edi.
Hozirgi vaqtda ushbu tashviqot ortidan 500 dan ortiq xodimlarga ega yirik kompaniya tashkil topib, 3 qavatli binoda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Uning fliallari dunyoning eng yirik 10 ta shahrida joylashgan. Ushbu kompaniya xizmatlaridan 150 million kishi foydalanadi.
Bugungi kunda ushbu kompaniyaning qiymati 25,5 milliard AQSh dollariga teng. “Hamyoningda bir chaqa qolmaganida, o‘ta tartibli va mas’ uliyatli bo‘lib qolasan”, – degan edi ushbu kompa niya ta’sis chilaridan biri.