T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
1O daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
1O daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun quyidagilarni o’rganami.
1. Mehribonlik nima?
2. Nima uchun boshqalarga yordam berish juda muhim?
3. Qanday qilib mehr ko‘rsatish mumkin?
4. Befarqlik, begonalashuv, e’tiborsizlik, qahrlilik, bag‘ritoshlik –bular qanday xislatlar?
Diqqat bilan o‘qing
Mehribonlik – atrofdagilarga beg‘araz yordam berish.
Mehribonlik – odamlarga bo‘lgan ichki muhabbatning tashqi namoyishi.
Mehribonlik – biror kishining jismoniy va ruhiy dardini his qilish va o‘z dardiday qabul qilish.
Mehribonlik – atrofdagilarga e’tiborlilik, ziyraklik, ularning manfaat lari, muammolari, qiziqishlariga hurmat va e’tibor qaratish.
Mehribonlik – bu har qanday sharoitda ham boshqalarga zarar yetkazmaslik.
Insonlarga mehr-oqibat ko‘rsatish naqadar muhim.
Mehribonlik – bu insonlarga, butun jonli va jonsiz narsalarga nisbatan samimiy, e’tiborli va ochiqko‘ngil bo‘lish.
Mehribonlik yuksak axloq va boshqa ko‘pgina xulqlarning asosi hisoblanadi.
Har bir inson doimo aql bilan ish tutishi, insonlarga ham, hayvonlarga ham, hatto jonsiz narsalarga ham zarar yetkazmasligi, mehr-shafqatli bo‘lishi kerak.
Mehribon odamlar bilan do‘stlashish va bunday odamlar bilan muloqot qilish hayotga bo‘lgan qiziqishlarning ortishiga, ezgu amallar qi lish istagi paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Samimiy his-tuyg‘ular tufayli shafqatsizlik, nafrat, g‘azab yo‘qoladi.
Maslahatlar
Soshqalarga mehrimizni, yordamimizni qanday ko’rsatamiz va namoyon qilamiz.
1. Biz yaqinlarimizning holidan xabar olishimiz mumkin.
2. Ularga oziq-ovqat mahsulotlarini, dori-darmon larini olib kelib berishimiz mumkin.
3. Bemor bo‘lib yotgan yaqinlarimiz va do‘stlarimizning ko‘ngliga tas kin beruvchi, iliq so‘zlar bilan qo‘llab-quvvatlovchi xatlar bitishimiz mumkin.
4. O‘zimizdan kichik uka va singillarimizning maktabdagi noxushholat larida, bahosi past bo‘lganda darslariga yordam berishimiz lozim.
5. Kimdir bizga nisbatan nohaqlik qilib, dilimizni og‘ritsa, uni kechiri shimiz kerak.
Dostları ilə paylaş: |