Bunday yondashuv jamoani g‘alabaga olib kelishi shubhasiz. Har doim g’alaba qozonadigan kuchli va muvaffaqiyatli ja moa bo‘lish uchun o‘zaro hamkorlik qilishni o‘rganish zarur. Buning uchun esa quyi dagi xususiyatlarga ega bo‘lish va ularni rivojlantirish kerak:
halollik - jamoada halol bo’ling, shunda jamoa sizga ishonadi;
ishonch – jamoangizga ishoning;
samimiylik – g‘oyalaringiz bilan o‘rtoqlashing, jamoa g‘alaba qozo nishiga yordam beradigan bilimlarni sir tutmang;
o‘zaro yordamlashish – jamoaning boshqa a’zolariga ko‘maklashing, ularni qo‘llab-quvvatlang, ruhlantiring;
mas’ullik – odil qaror qabul qiling, qarorlar uchun javob bering, o‘z vazifalaringizni bajaring;
qat’iylik – qiyinchiliklar va omadsizliklar oldida hech qachon to‘xtamang;
o‘qish istagi – jamoa ishlashi uchun zarur bo‘lgan nafaqat yangi bilimlarni, balki jamoangizning hamma yaxshi jihatlarini egallashga intiling.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
Daftar varag‘ini oling. Ikki nafardan iborat guruhga bo‘lining. Qo‘llarni shunday ushlangki, har bir guruh a’zosining bir qo‘li bo‘sh bo‘lishi kerak. Sizning vazifangiz bo‘sh qo‘lingiz yordamida daftar varag‘idan qog‘oz samolyotcha yasash. Topshiriqni tez bajargan jamoa g‘olib bo‘ladi. Agar siz topshiriqni birinchi safar bajara olmasangiz, tushkunlikka tushmang, yana bir bor urinib ko’ring va siz muvaffaqiyatga erishasiz.
O’yin tugagandan keyin bir-biringizga nazar tashlang, tabassum qiling va bir-biringizning qo‘lingizni siqib “rahmat ”, deb qo‘ying.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash. O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.
1. Quyidagi fikrlarni o’qing. ulardan qaysi biri sizga ko’proq yoqdi?
Nega? Uni qanday tushunganingizni ifodalab bering.
2. Uni daftaringizga yozing va yodda saqlang.
Mashhurlik va yutuqlar odamlarni juda kuchli o‘zgartirib yuboradi.