Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
1O daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
1O daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun quyidagilarni o’rganami.
1. Sog‘lom turmush tarziga qanday amal qilinadi?
2. Salbiy odatlar organizmga qanday ta’sir etadi?
3. Jismoniy mashg‘ulotlar biz uchun qanchalik muhim?
4. Sog‘lom bo‘lish uchun qanday qoidalarga rioya qilish zarur?
Diqqat bilan o‘qing
Dunyoda boyliklarning ko‘p turlari mavjud, biroq eng asosiysi sog‘liqdir.
Mustahkam sog‘liq insonning uzoq va faol umr kechirishini ta’minlaydi.
U o‘ylagan rejalarimizni amalga oshirishga, qiyin chiliklarni yengishga yordam beradi.
Agar inson sog‘lom turmush tarziga amal qilsa: to‘g‘ri ovqatlansa, kun tartibi va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilsa, sport bilan shug‘ullansa u o‘zini yaxshi his qiladi, kam charchaydi hamda ko‘proq ishlarga ulguradi.
Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish – bu juda foydali odat!
Jismonan va ruhan sog‘lom odam yuqori darajada g‘ayrat va kuch-quvvatga ega bo‘ladi. Kuch manbalaridan biri – bu jismoniy mashq lar. Sport bizga kun bo’yi kuch-quvvat va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi, o‘qish hamda kundalik mashg‘ulotlar bilan faol shug‘ullanishimizga yordam beradi.
Abu Ali ibn Sinoni Yevropada “Avitsenna” deb ataydilar. Allomaning dono maslahatlariga bugungi kunda ham amal qilinadi. Ibn Sinoning hayotidagi asosiy mashg‘uloti tibbiyot bo‘lgan. 16 yoshidayoq uni Bu xoro amirini davo lash uchun taklif qilganlar.
Shundan keyin Ibn Sino ko‘plab Sharq hukmdorlarining saroy tabibi bo‘lgan. Zamondoshlari uni “Shayx ur-Rais” deb atashgani bejiz emas. Abu Ali ibn Sino quyidagi maslahatlari bilan insonlarni sog‘lom hayot tarziga undagan:
“Sog‘lom yashamoqchi bo‘lgan odamlar uyquga jiddiy e’tibor berishlari kerak. Ular ning uy qusi me’yorida bo‘lishi va ortiqcha bo‘lmasligi lozim; uyqu sizlik miya va uning butun kuchiga zarar berishidan ehtiyot bo‘lish kerak”.
“Eng yomoni, turli xil ovqatlarni aralash iste’mol qilish va uzoq vaqt ovqatlanishdir”.
Mulohaza uchun
Ba’zi insonlarda yomon odatlar ham bo‘ladi. Masalan: chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, kompyuter oldida uzoq vaqt o‘tirish va boshqalar.
Bunday odatlardan insonning sog‘lig‘i va ahvoli yomonlashadi. Mazkur odatlardan insonning sog’lig’i va ahvoli yomonlashadi o‘ziga bog‘liq: kimdir sog‘lom turmush tarziga amal qiladi, kimdir o‘z sog‘lig‘iga o‘zi zarar yetkazadi.
Dunyoda boyliklarning ko‘p turlari mavjud, biroq eng asosiysi sog‘liqdir. Mustahkam sog‘liq insonning uzoq va faol umr kechirishini ta’minlaydi. U o‘ylagan rejalarimizni amalga oshirishga, qiyin chiliklarni yengishga yordam beradi. Agar inson sog‘lom turmush tarziga amal qilsa: to‘g‘ri ovqatlansa, kun tartibi va shaxsiy gigiyena qoidala riga rioya qilsa, sport bilan shug‘ullansa u o‘zini yaxshi his qiladi, kam charchaydi hamda ko‘proq ishlarga ulguradi.
Dostları ilə paylaş: |