Abu BakrMuhammadal-Xorazmiy Axloq – insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir bilimdur.
Abdulla Avloniy Kichkina bir yaxshilik qilish uchun ham odam buyuk odam bo‘lishi ke rak; katta yomonlik qilishga kichik odam ham qodir.
Asqad Muxtor Diqqat bilan o‘qing Teatrlar kattalar va bolalar tashrif buyuradigan jamoat joylari hisoblanadi. Bolalikdan barcha teatrga borishni yoqtiradi. Qiziqarli spektakllar va asarlar tomoshabinlarga san’at olamini ochib beradi. Tomoshabin quyidagi etiket qoida lariga amal qilishi kerak:
tomosha boshlanishidan 15 da qiqa oldin chip tada ko‘rsatilgan joyga borib o‘tiriladi;
ustki kiyimlar o‘rindiq ning orqa su yan chig‘iga tashlanmaydi, oldindan garderobga topshiriladi;
tomosha zaliga ichimlik va oziq-ovqat mahsulotlari kiritilmaydi;
tomosha boshlanishi dan oldin telefon o‘chirib qo‘yiladi;
har doim va hamma joyda tozalikka rioya qilinadi;
tomosha vaqtida baland ovozda gaplashish mumkin emas.
Shuningdek, aktyorlarga qarsaklar bilan minnatdorchilik bildiriladi, shundan keyingina tomosha zalidan chiqiladi. Garderobdan ustki kiyimlar olinadi va teatrdan yaxshi kayfiyatda chiqiladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
Hikoyani diqqat bilan o‘qing va davom ettiring. Uzoq kutilgan yoz fasli keldi. Beshinchi sinf o‘quvchilari Karim va Samir birinchi marta yozgi dam olish oromgohiga yo‘l olishdi.
– Bolalar, bu tog‘ qo‘ynidagi dam olish oromgohi, – dedi otasi, – juda ehtiyot bo‘ling, tarbiyachining aytganlarini qilinglar, eng asosiysi, yaxshi dam olinglar!
Otaning so‘nggi, faqat yaxshi dam olish haqidagi so‘zlari bolalarning xotirasida qoldi.
Dam olish oromgohiga kelganlaridan keyin bir necha kun o‘tgach, Karim va Samir guruh bilan baland tog‘ga sayohatga chiqishdi. Guruh tushlikka to‘xtaganda, quyosh tikkaga kelgandi. Tarbiyachi gulxan yoqdi, bolalar kartoshka pishirish uchun tayyorgarlik ko‘rishdi. Bu orada Karim aylanib kelmoqchi bo‘ldi. U kichikroq daryo qirg‘og‘iga bordi. Kun juda issiq edi, Karim suzishga qaror qildi. Biroq u o‘zini kutayotgan xavfni payqamasdi.
Karimning g‘oyib bo‘lganini Samir sezib qolib, uni chaqira boshladi. Keyin butun guruh Karimni qidirishga tushdi, lekin hech kim gulxan haqida o‘ylamasdi...