Vaqti
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
1O daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
1O daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun quyidagilarni o’rganami.
1.Hayvonlarga nisbatan rahm-shafqatli bo’lish qanchalik muhim?
2. Uysiz hayvonlarga qanday g‘amxo‘rlik qi lish va ularni qanday himoyalash mumkin?
3. Davlat uysiz hayvonlarni himoyalash uchun qanday g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi?
Diqqat bilan o‘qing
Mushuklar, itlar va boshqa hayvonlar TIRIK mavjudotlardir. Ularda ham yurak uradi, tomirlarida qon oqadi, ochlik, sovqotish va og‘riqni his qilishadi, azoblanishadi, quvonishadi. Ular sizdan qo‘rqishlari va duch kelganda qochishlari yoki sizga ishonib oldingizga kelishlari, e’tibor qara tishingiz va ovqat berishingiz umidida ko‘zingizga termilishlari mumkin.
Ularni darhol silash, siypalash, o‘y nash, ayniqsa, baqirish va qo‘llarini silkitishga urinmaslik kerak. Daydi hayvonlar ko‘pincha holdan toygan, och, ehtimol, kasal langan bo‘lishadi. Ular odamlarning shafqatsizligiga duch kelgan bo‘lishlari mumkin, shuning uchun sizga ishonishmaydi yoki qo‘rqishadi va o‘zlarini himoya qilishga tayyor turishadi.
Diqqat bilan o‘qing
Odamlarning insoniylik, rahmdillik va hamdardlik darajasi na faqat keksalar, nogironlar va bolalarga, balki g‘amxo‘rlik va e’tiborga muhtoj bo‘lgan barcha jonzot larga bo‘l gan munosabati bilan ham belgilanadi.
Biroq ba’zan odamlar hayvon larga nisbatan juda shafqatsiz munosabatda bo‘lib, ularga ozor beri shadi va azoblashadi.Jonivorlarga qo‘pol munosa batda bo‘lish ko‘ pin cha insonning zaifligi tufayli yuzaga keladi. O‘zining ojizligi, qo‘rqoqligi, muammolarini hal qila olmasligi yoki uni ranjitganlarga javob berolmagani uchun himoyasiz jonzot larga azob berib, go‘yoki o‘ch olishadi. Kuchli va jasur inson hech qachon kuchsizlarni xafa qilmaydi.
Hayvonlar haqida bo’lgan voqealar
XATIKO
Xatiko laqabli itning tarixi 1925- yilda Yaponiyada boshlangan. Shu yili itning egasi yurak xuruji bilan vafot etadi. Biroq buni Xatiko qayerdan bilsin? It o‘z sohi bini uning tirik vaqtida har kuni kutganidek, temiryo‘l bekatida kutish ni davom ettiradi. Sadoqat bilan kutish 9 yil, ya’ni itning o‘zi vafot etguniga qadar davom etadi. E’tiborlisi shundaki, Xatiko hali hayotligidayoq Sibuya temiryo‘l bekatida unga haykal qo‘yilgan edi.
Bugungi kunda Xatiko obrazi javobsiz muhabbat va vafodorlik timsoliga aylangan.
Xatikoning tarixi haqida 2008- yili AQShda, butun dunyodagi millionlab kishilarning yig‘lashiga sabab bo‘lgan film suratga olingan.
JULBARS
Julbars Ikkinchi jahon urushi davrida “Jangovar xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan yagona itdir. U 7468 ta mina va 150 tadan ortiq snaryadni aniqlab topgan. Ushbu no yob it nafaqat rekord darajadagi minalar sonini topgan urush qahramoni bo‘lgan, balki Jek Londonning “Oq qoziqtish” romani bo‘yicha ishlangan mashhur filmda rol o’ynagan.
To‘rt oyoqli qahramonlar: sanitar itlar, aloqachi itlar, razvedkachi itlar, chanalarga qo‘shilgan itlar, qutqaruvchi itlar, yetak lab yuriladigan itlar jasorati sharafiga butun dunyoning turli mamlakatlari va shaharlarida haykallar o‘rnatilgan.
Dostları ilə paylaş: |