I. Tashkiliy qism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
O‘z oilangiz haqida gapirib bering.
Nima uchun kattalar «O‘z oilasini sevgan inson mahallasini sevadi, mahallasini sevgan inson o‘z yurtini sevadi» deyishadi?
Qanday insonni o‘z yurtini sevadigan inson deyish mumkin?
O‘z yurtiga bo'lgan sevgini nimalarda namoyon qilish mumkin?
O‘z yurti uchun fidoyi bo'lgan insonlardan kimlarni bilasiz?