Namunaviy nizom


VI bob. Tyutorlar ishini tashkil etish



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə5/12
tarix17.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#99312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 илова Tyutorlik nizomi 04.10.21

VI bob. Tyutorlar ishini tashkil etish
20. Tyutorlar o‘quv yili uchun tasdiqlangan ish rejasi (mutasaddi idora va tashkilotlar bilan tuzilgan hamkorlik rejalari) asosida ma’naviy-axloqiy tarbiya va boshqa turdagi ishlarini olib boradilar. Reja bo‘yicha ishlar elektron shakldagi tyutorlik jurnalida qayd etib boriladi.
21. Tyutorlar olib borilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya va boshqa turdagi ishlari natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni fakultet dekanining Yoshlar masalalari
va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga har oyda va o‘quv semestri yakunida esa yakuniy hisobot shaklida berib boradilar.


VII bob. Tyutorlikni bekor qilish asoslari
22. Tyutorlik quyidagi hollarda bekor qilinadi:
O‘z xohishiga ko‘ra;
amaldagi qonun hujjatlari, oliy ta’lim muassasasi ichki tartib va odob-axloq qoidalari hamda ushbu nizom talablariga zid faoliyat bilan shug‘ullanganda;
tyutor o‘ziga biriktirilgan talabalar tomonidan tyutorni almashtirish to‘g‘risida murojaat qilinganda (agar asosli bo‘lsa).
23. Tyutorlar talabalar, fakultet dekanlari murojaatiga muvofiq, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorning xulosasiga asosan ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) buyrug‘i bilan bekor qilinadi.
24. Tyutorlik faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:
zo‘ravonlik, diniy ekstremizm va davlat tuzumi, mamlakatning tinchligi
va xavfsizligi, uning aholisiga qarshi qaratilgan boshqa harakatlarni targ‘ibot qilish;
kamsituvchi munosabatda bo‘lish, shu jumladan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyi va boshqa belgilar bilan kamsitish;
talabalarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish;
tyutorlikka aloqasi bo‘lmagan faoliyatni olib borish.


VIII bob. Yakuniy qoida
25. Tyutorlar o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shaxsan javobgardir.
26. Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Davlat oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik
faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilova

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin