II bob. Tyutorlik faoliyatining maqsad va vazifalari 6. Quyidagilar tyutorlik faoliyatining asosiy maqsadlari hisoblanadi:
ta’lim va tarbiya jarayoni uyg‘unligini samarali tashkil etish;
ta’lim muassasasi va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish;
talabalarga ijtimoiy-ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatgan holda o‘zini yanada yaxshiroq anglash, o‘qish va hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilish, tanlagan kasbiga muhabbatni oshirish;
ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, o‘quvchilar davomatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarda Jamoat kengashi va mahallaning o‘rnini kuchaytirish.
talabalarning dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirib borishini tahlil qilish
va darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash;
ularning ijtimoiy (oilaviy) holatidan doimiy xabardor bo‘lishdan iborat.
7. Quyidagilar tyutorlik faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-tarbiya sohasida:
ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas’uliyati
va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko‘maklashish;
ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya sifatini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
qonunchilik talablaridan kelib chiqib ta’lim muassasasiga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’lim muassasasi rahbariyatiga takliflar kiritish;
ta’lim tizimidagi islohotlar haqida ota-onalar va keng jamoatchilikning uzviy ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minlash;
oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligini yanada kuchaytirishga doir uslubiy asoslarni yaratish;
“Birinchi kurs maktabi” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishda faol ishtirok etish;
ta’lim muassasasining odob-axloq qoidalari, korrupsiyaga qarshi kurashish Dasturi (siyosati), ta’lim muassasasining ichki mehnat tartibi qoidalari hamda boshqa lokal hujjatlar bilan o‘ziga biriktirilgan talabalarni tanishtirish;
psixolog bilan birgalikda talabalarning ijtimoiy-psixologik portretini shakllantirish;
talabalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish, yuksak axloqiy fazilatlarni targ‘ib va tashviq etish, ularni Vatanga muhabbat, milliy qonunchiligimizga hurmat ruhida tarbiyalash;
talabalarni boy tarixiy, milliy va diniy an’analarimizga yot bo‘lgan illatlar, ya’ni terrorizm, separatizm, prozelitizm, diniy aqidaparastlik, missionerlik, “ommaviy madaniyat”, narkomaniya va uyushgan jinoyatchilikka murosasizlik
va ularga qarshi kurash ruhida tarbiyalash;
talabalarning qonuniy manfaatini himoya qilish, ularga yaratilayotgan sharoitlar va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yetkazish, ularning o‘qishi, ilm-fan bilan shug‘ullanishi, yashashi va dam olishi uchun tegishli choralarni ko‘rib borish;
besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan klub va to‘garaklarga talabalarni jalb qilish va ularning ushbu to‘garaklardagi faol ishtirokini amalda ta’minlash;
talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarda tanlov va sport to‘garaklariga jalb etish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
nogironligi bo‘lgan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va kam ta’minlangan talabalarga alohida g‘amxo‘rlik qilish va ularga tegishli tartibda ijtimoiy, ma’naviy va psixologik yordam berish choralarini ko‘rish;
talabalarda o‘quv intizomini mustahkamlash, ularda o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish, ularning ta’lim muassasasi hayotidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy tadbirlarida faol ishtirokini ta’minlash;
iste’dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni respublika va xalqaro tanlovlarga maqsadli tayyorlash;
iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga tavsiya etish;
talabaning axloqi, muomala madaniyati, yurish-turishini muntazam kuzatib borish;
o‘zlashtirish ko‘rsatgichi past hamda tarbiyasi og‘ir talabalar bilan tizimli ishlarni olib borish;
shuningdek, talabalar turar joylarida, ijaradagi va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalarning yashash manzillariga muntazam borib u yerda yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va ularni yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga taklif kiritish;
muntazam ravishda talabalarning ota-onasi bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish;
talabalarning muammolarini bartaraf etishda bayonnomalarni shakllantirib, amaliy yordam ko‘rsatish;
talaba tomonidan odob-axloq qoidalari va boshqa qoidalar buzilganda unga nisbatan chora ko‘rish to‘g‘risida ta’lim muassasasi va fakultet rahbariyatiga taklif kiritish;
ta’lim muassasasi, shahar va respublika doirasida tashkil etiladigan tadbirlarga talabalarni tartib va intizom, uyushqoqlik bilan olib kelish
va ishtiroklarini ta’minlash;
talabaning axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini va u haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni yorituvchi yig‘ma jild hamda “Ma’naviyat soatlari” darsi va ish rejasidagi turli xil tadbirlarni qayd qilish jurnalini elektron tutish va yuritib borish.
b) O‘quv va o‘quv-uslubiy sohada:
talabalarning darslarga qatnashishlari bo‘yicha kunlik davomatini yuritib borish;
talabalar tomonidan sababsiz qoldirilgan dars mashg‘ulotlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha fakultet dekanatiga bildirgi kiritib borish;
talabalarning darslarni o‘zlashtirish darajalarini nazorat qilib borish, innovatsion ta’lim texnologiyalari va o‘quv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan ta’minlashga hamda ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishga ko‘maklashish;
talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘z ustida mustaqil ishlashini tashkil etishga ko‘maklashish;
talaba haqida fakultet dekanatiga tushayotgan ma’lumot asosida guruh sardori bilan birgalikda professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashish, o‘zlashtirishi past talabaga yordamlashib, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan talabani unga biriktirishi, qo‘shimcha darslar va maslahatlar tashkil etish, fanlar bo‘yicha akademik qarzdorliklarni belgilangan muddatda topshirishini nazorat qilish.
v) Ilm-fan, innovatsiya va tadqiqotlar sohasida:
iste’dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash hamda ilmiy to‘garaklar va klublarga jalb etish;
talabalarni innovatsion startaplarga jalb etish va ularning ijodiy faolliklarini yo‘naltirish;
talabalarni turli ilmiy tadbirlar: konferensiyalar, seminarlar, respublika
va xalqaro miqyosdagi olimpiadalar va forumlarda ishtirok etishlarini uyushtirish;
talabalarning xalqaro grantlar va loyihalarda qatnashishlariga ko‘mak berish va rag‘batlantirish, ilm-fan hamda tadqiqotlarda faol ishtirok etayotgan talabalarni ta’lim muassasasi rahbariyati va jamoat tashkilotlari tomonidan rag‘batlantirilishini tashkil etish;
iste’dodli talabalarga ilmiy maqolalar yozishda maslahatlar berish va chop etishda yordam ko‘rsatish;
talabalarni kelgusida ilmiy faoliyat olib borishlarida ularga yaqindan yordam berish.