Namunaviy nizom


III bob. Tyutorlarning huquq va majburiyatlari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/12
tarix17.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#99312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 илова Tyutorlik nizomi 04.10.21

III bob. Tyutorlarning huquq va majburiyatlari
8. Tyutorlar quyidagi huquqlarga ega:
o‘ziga biriktirilgan talabalarning darslarini, talaba davomati va dars sifatining monitoringini olib borish maqsadida kuzatish;
TTJga joylashishlari uchun talabalarga e’lon berish va ular tomonidan tegishli hujjatlarni yig‘ib taqdim etish hamda tashkil etiladigan komissiya yig‘ilishida talabalarning ishtirokini ta’minlash;
talabaning talabalar turar joyidan chiqarilishiga rozilik berish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;
o‘quv-tarbiyaviy sohalardagi muammolarini bartaraf etish bo‘yicha fakultet dekanati bilan hamkorlikda ishlash;
madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarini o‘tkazishda dekanat, rektorat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
talabaga tavsifnoma va akademik ta’til berish masalasini hal etishda ishtirok etish, talaba haqidagi fakultetda mavjud ma’lumotlardan to‘la foydalanish;
talabaning darslariga qatnashishi, o‘zlashtirish va ijtimoiy hayotidagi roliga oid takliflarni fakultet dekanatiga kiritish, talabaning rag‘batlantirilishi yoki jazolanishi va maxsus stipendiyalarga loyiqligi bo‘yicha xulosa berish;
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, Kasaba uyushmasi va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bilan birgalikda talaba bilimini odilona baholashni nazorat qilish;
Tyutor qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Tyutorlar quyidagi majburiyatlarni bajaradilar:
talabalarning ma’naviy, axloqiy va kasbiy tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanish;
o‘z mahorati, kasbiy tayyorgarligi, nazariy bilim va ish tajribasini doimiy ravishda oshirib borish;
talabalarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
ta’lim muassasasida professor-o‘qituvchilar tomonidan talabaning obro‘-e’tibori va nufuziga dog‘ tushirishning oldini olish;
talabalarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratish;
talabalarning o‘quv, ma’naviy va ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish
va nazorat qilib borish;
talabalarning o‘zlashtirishi va darslarda ishtirok etishini muntazam nazorat qilib borish hamda tahlil etish;
tyutorlik guruhlaridagi talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish
va fakultetga taqdim etish;
talabalar haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor qilmaslik;
tyutorlik guruhidagi talabalar turar joyi, ijara, yaqin qarindoshi va o‘z uyida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitidan doimiy xabardor bo‘lish;
talabalarning to‘garak va klublarga a’zoligini maksimal darajada ta’minlash va ularning ushbu to‘garaklar faoliyatidagi ishtiroki monitoringini yuritish;
o‘ziga biriktirilgan akademik guruhlardagi talabalar bilan muntazam (guruhlarda va yakka tartibda) suhbatlar o‘tkazib borish;
talabaning odobi, xulqi va ichki tartib qoidalarga rioya etishi yuzasidan ota-onalar bilan uchrashib, davra suhbatlar tashkil etib hamda tegishli ma’lumotlarni yetkazishi;
talabalar va ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini oliy ta’lim muassasasi ustavi, ichki tartib, odob-axloq hamda TTJdan foydalanish qoidalari va ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi;
akademik guruhlarda “Ma’naviyat soatlari” va “Soft skills” treninglarini dars jadvali asosida har haftada bir marotaba o‘tilishini tashkil etish hamda uning samaradorligini ta’minlash;
talabalar bilan bog‘liq favqulodda muammoli vaziyatlar yuzasidan zudlik bilan fakultet dekaniga axborot berish;
talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va diniy ekstremizmning oldini olish bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida muntazam tushuntirish ishlarini olib borish;
alkogol, tamaki va psixotrop vositalar iste’mol qilishning zararli oqibatlari xususida doimiy profilaktik ishlarni tashkil etish;
moddiy yordamga muhtoj talabalarni aniqlash, ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fakultet dekaniga taklif kiritish;
ta’lim muassasasi hududida talabalarning odob-axloq qoidalari va boshqa ichki hujjatlarda belgilangan talablarga mos ravishda bo‘lishlarini nazorat qilish hamda ushbu hujjatlarni buzgan talabalarga tegishli choralar ko‘rish yuzasidan fakultet dekaniga bildirgi kiritish;
Tyutor o‘z faoliyatida amaldagi qonun hujjatlari, oliy ta’lim muassasasi ichki tartib va odob-axloq qoidalari hamda ushbu nizomga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajaradi.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin