Namunaviy reja


Predikatlar haqida tushuncha



Yüklə 34,56 Kb.
səhifə2/4
tarix29.04.2023
ölçüsü34,56 Kb.
#104900
1   2   3   4
Mirzayeva Hafizaxon

Predikatlar haqida tushuncha. Mulohazalar algebrasi fan va amaliyotning murakkab mantiqiy xulosalarini chiqarish uchun yetarli bo`lmaydi. Bunday murakkab mantiqiy xulosalarini chiqarishda mulohazalar algebrasini ham o`z ichiga oluvchi predikatlar algebrasi muhim o`rin tutadi.
Biz soroq va his-hayajon gaplar mulohaza bo`lmasligini bilamiz, xuddi shu qatorda noma’lum qatnashgan gaplar ham mulohazaga kirmaydi. Bunday gaplar predikatlar deb ataladi. Shu o`rinda predikatlar mulohazaga aylanadimi, degan savol tug`ilishi tabiiy. Biz quyida ana shu masalani ko`rib o`tamiz.
Ayrim darak gaplarda o`zgaruvchilar qatnashib, shu o`zgaruvchilar o`rniga aniq (tegishli) qiymatlarni qo`ysak, mulohaza hosil bo`ladi.
1-Ta’rif. O`zgaruvchi qatnashgan va shu o`zgaruvchining o`rniga qiymatlar qo`yilganda rost yoki yolg`on mulohazaga aylanadigan darak gap predikat deyiladi.
Masalan, “Bu yozuvchi Angliyada ijod qilgan” va “U Angliyada ijod qilgan” darak gaplarida o`zgaruvchi “Bu yozuvchi” so‘z birikmasi yoki “u” olmoshning o`rniga “Shekspir” qiymatni qo`ysak, “Shekspir Angliyada ijod qilgan” rost mulohazani, “Gyugo” qiymatni qo`ysak “Gyugo Angliyada ijod qilgan” yolg`on mulohazani hosil qilamiz.
Xuddi matematikadagidek, x orqali o`zgaruvchini belgilasak yuqoridagi darak gaplarni “x yozuvchi Angliyada ijod qilgan” deb yozish mumkin.
Predikatlar tarkibida bir yoki bir nechta o`zgaruvchi qatnashishi mumkin, qatnashgan o`zgaruvchilar soniga qarab predikat bir o`rinli, ikki o`rinli va hokazo bo`ladi va kabi belgilanadi.
2-Ta’rif. Predikat tarkibiga kirgan o`zgaruvchi qabul qilishi mumkin bo`lgan barcha qiymatlar to`plami predikatning aniqlanish sohasi deyiladi va X,Y,Z,… kabi belgilanadi.
3-Ta’rif. O`zgaruvchi o`rniga qo`yilganda predikatni rost mulohazaga aylantiruvchi qiymatlar predikatning rostlik to`plami deyiladi va TA ko`rinishda belgilanadi (rasm).
Ta’rifga ko`ra istalgan tenglama yoki tengsizlik predikat bo`ladi.

Yüklə 34,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin