Ruxsat etilgan zona -
elektronga joylashish ruxsat berilgan energetik
sathlar joylashgan zona.
Ta’qiqlangan zona -
energetik sathlar yo’q bo’lgan zona, va elektron u
erda bo’lishi ta’oiqlangan.
Kristalldan nanokristallga o’tilganda sathlar orasidagi oraliq kattalashib
borishi ko’rinadi (1.2 g, v- rasm). Bu fakt kvant-o’lchamli effekt nomini
olgan- nanozarrachalarning o’lchamlari kichrayganida energetik oraliqlar
orasidagi energiya, demakki, nurlanish kvantlari energiyasi ham kattalashadi.
Xuddi shu sababli, nanozarrachalarning kolloid eritmalarini tuslanish va
nurlanish ranglari ularning o’lchamlariga bog’liq. Kvanto’lchamli effektlar
nanotexnologiyalarda katta rol o’ynaydi. Masalan, nanokristallar
o’lchamlarini texnologik parametrlarini o’zgartirib, yani, variatsiyalab
elektrolyuminestsentsiyaning turli ranglarini olish mumkin.
Valent elektronlar tashkil etgan energetik zonani
valent zona
deb ataladi.
Valent zonadan yuqoridagi zonani
Dostları ilə paylaş: |