14
1.4-rasm. Zarrachaning potentsial to’siqdan o’tish sxemasi: a) klassik
zarrachaning potentsial to’siqdan o’tishi, b) potentsial to’siq, v) electron
to’lqini
energiyasi U = mgh (m- zarraching massasi, g- erkin tushish tezlanishi) ga
aytiladi.
Agar zarrachaning kinetic energiyasi E
kin
potentsial to’siqning
balanligi U dan katta bo’lsa, zarracha nargi tomonga oshib o’ta oladi. Agar
E
kin
Udan kichik bo’lsa, zarracha tog’cha qiyaligining faqat biror qismigacha
ko’tarila oladi xolos va orqaga qaytadi, ya’ni to’siqdan qaytadi.
Potentsial to’siq potentsial energiyaning ixtiyoriy turiga (masalan, har xil
ta’qiqlangan zonali yarimo’tkazgichlarning kombinatsiyasidan hosil qilingan
potentsial to’siq (1.3 a- rasm)) mos kelishi mumkin. To’siqdan chap tomonda
turgan elektronlarning energiyasi to’siqni engishga etarli emas.
Yarimo’tkazgich 2 ning ichiga tusha olmaydi, chunki, ular energiyalarining
qiymatlari to’siq ichida ta’qiqlangan, - ular ta’qiqlangan zonada bo’lib
qoladilar. Shunday bo’lishiga qaramasdan, agar to’siq o’lchami bir necha
atomlar qatlamini tashkil etsa, elektronlar oqimining bir qismi to’siq ortiga
“teshib” o’tishi mumkin. Bu effektni tunnellanish- to’siq ichida go’yo tunnel
boru, elektronlar u orqali o’tishi, deb nomlandi.
Tunnelanish effekti favqulodda kvantli tabiatga ega, va u elektronning
to'lqin xossalari bilan bog'liq. To’siq geometric qancha “yupqa” va to’siq
balandligi U bilan kvantli zarracha E
Dostları ilə paylaş: